Marketing mix Bajardi: Sultonov Muhriddin Toshkent 2016 Reja



Yüklə 379,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix06.04.2023
ölçüsü379,12 Kb.
#94121
1   2   3   4   5   6
111739 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 

 


Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi. 
Marketing - insonning ayirboshlash vositasida talab va extiyojni kondrishga 
qaratilgan faoliyatidir. Marketing tarkibiga bozorni urganish. Iste’molchi 
buyurtmasiga kura maxsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash, 
reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib 
berish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Marketing konstruktor, muxandis, 
iqtisodchi va boshqa mutaxassislarga bozor extiyojlari bilan tanishish, iste’molchi 
ushbu maxsulotning qanday bo’lishini istashi, unga qancha xak tulashi, u kim 
uchun zarurligi xaqida muloxaza yuritish imkonini beradi. 
Bozor sharoitida korxonani boshqarish marketingni ishlab chiqarish siklining 
boshiga kuyadi, chunki xo’jalik qarorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish 
imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridor extiyojlari yotadi. Oxir natijada 
korxona kulami, korxonani boshqarish tashkiliy tarkibini, boshqaruv tamoyil va 
usullarini, xizmat ko’rsatish yunalishlarini bozor belgilaydi. 
Bozor munosabatlari sharoitida korxona bozor konyuqturasi, bulajak sheriklar 
imkoniyatlari, narxlar o’zgarishi xaqida axborot olish asosida o’z ishlab 
chiqarishini moddiy-texnikaviy ta’minlash va kapital kurilishni tovarlar va 
xizmatlar bozoridan (bevosita ishlab chiqaruvchidan, ulgurji savdoda, shu 
jumladan, yarmarka, kimoshdi savdosi, xamda moddiy-te’minot va boshqa 
vositachi tashkilotlardan) resurslar sotib olish yo’li bilan amalga oshiradi. Natijada 
korxonaning reja-iqtisod, texnika, texnologiya, ta’minot va sotuv bo’limlari 
vazifalari o’zgaradi. chunki korxona muxandis-texniklari resurslardan kay 
darajada foydalana olish imkoniyatiga ega ekanliklarini bilishlari, bozor ta’siridan 
erkin bo’lishlari uchun korxonada bozor iqtisodiyoti, korxona ishlab chiqarish va 
moliya siyosati masalalari bo’yicha axborot manbaasi, bo’lgan maxsus marketing 
xizmatini tashkil etish extiyoji vujudga keladi. 
Marketing bo’limi bozorni, ijtimoiy talab xolati va o’zgarishi, konyuqturani 
urganish natijasida korxonada ishlab chiqariladigan maxsulot zarurligi, istikboli 
masalasini xal etadi. 
Korxonani marketing vositasida boshqarish ancha mushqul bo’lib, katta 
xajmda reja-xisob qitoblarini, qadrlarni qayta tayyorlashni, boshqaruv vazifa va 
usullarini tubdan o’zgartirishni talabkiladi. Fakat korxona, butun iqtisodiyot 
xo’jalik mexanizmini tubdan qayta qurishi asosidagina marketing tendensiyasini 
qo’llash mumkin. Aks xolda korxona tez o’zgaruvchan talabga moslasha olmay 
rakobat kurashiga bardosh bera olmaydi. Bu korxona foyda kurmasligi va undan 
kelib chikuvchi boshqa okibatlarga olib keladi. Chunki fakat iste’molchilar 
extiyojini xisobga olib, fan-texnika tarakkiyoti yutuklaridan foydalana olgan 
korxonagina o’z maxsulotini sotishdan foydaolishi mumkin. 
Bu ma’noda amerikalik avtomobil magnati G.Fordning fikrini ta’kidlab utish 
zarur. Undan qanday qilib millioner bo’lganligini suraganlarida quyidagicha javob 
bergan: «Juda oson. Men o’z avtomobillarimni bozorda boshqalarga nisbatan 
arzonrok sotib, o’z ishchilarimga boshqalarga nisbatan ko’p xak tulaganman». 
Bunday xolda u sinishi kerak edi, lekin u rakobatchilarini bozordan sikib chiqarib 
bozorni egallagani uchun millioner buldi. 


Tovar pul munosabatlari jamiyatni o’z-o’zini boshqarish mexanizmi bilan 
qurollantirgani uchun bebaxo xususiyatga ega. Tartibga solinuvchi bozor xo’jalik 
faoliyatini iste’molchiga qaratish, tashkiliy tizimlar, boshqaruv tamoyili va 
usullarini qayta qurish, korxona maksad va vazifalarini o’zgartirishni talab kiladi. 
Amerikalik iqtisodchi Filipp Kotler o’zining mashxur «Marqting bo’yicha 
boshqaruv» qo’llanmasida marketing turlarining klassifikatsiyasini bergan. 
Marketing turlari. 
Talab xolati 
Marketing vazifasi 
Marketing turi 
Salbiy talab 
Talab yaratish 
Konversion marketing 
Talab yuk 
Talabni ragbatlantirish 
Ragbatlantiruvchi 
marketing 
Mumkin 
bo’lgan marketing 
Talabni oshirish 
Remarketing 
O’zgaruvchan 
talab 
Talabni muvozanatlash 
Sinxromarketing 
Tulik talab 
Talabni qo’llash 
Kullovchi marketing 
Ortikcha talab
Talabni kamaytirish 
Demarketing 
Maqbul 
bulmagan talab 
Talabni tugatish 
Qarshilik 
qiluvchi 
marketing 
Marketing strategiyasi jamiyat va korxona jamoasining uzviy manfaatlari 
ishlab chiqarish samaradorligi masalalarini xal qilishga xizmat qilish kerak. 
Marketing strategiyasi bosqichlarini sxema tarzida ifodalash mumkin. 
 
 
 
Marketing bosqichlari. 

 
 
 



 
 
 
 
 


 
1)Talab 
konyukturasi-ni 
urganish 
3)Korxona maksad 
va imkoniyatlari-ni 
aniklash 
2)Bozorni taxlil 
etish 
4)Marketing 
strategiyasini 
ishlash 
5)Yangi texnika va 
texnolo giyani 
joriy kilish 
9)Savdo faoliyatini 
boshkarish 
6)Bozorga kirib 
borish. Tovar 
xarakati yulini 
tanlash 
7)Reklama va 
bozorni 
raіgbatlanti-rish 
8)Tovar 
assortimentini 
boshkarish 
10)Savdodan keyingi xizmat 
kursatish 
11)Marketing faoliyatini 
nazorat kilish 


1-bosqich - talab konyuqturasini urganish. Korxona bozordagi iqtisodiy 
vaziyatni xar tomonlama urganadi, talab konyuqturasini, shuningdek. Xaridor 
imkoniyatlarini urganadi. 
2-bosqich - bozor sigimini urganadi. Korxona ko’zda tutilgan savdo sigimini 
aniqlaydi. Bu ushbu soxaga kapital sarflash uchun to’rtki bo’lib xizmat kiladi. 
3-bosqich - mavjud bozor sharoitida korxona maksad va imkoniyatlarini 
aniqlash. Bozor extiyojlarini bilish ularni korxona imkoniyatlari bilan taqqoslashga 
imkon beradi. 
4-bosqich - marketing reja va strategiyasini ishlash. Ґam maksadga 
erishishning umumiy strategiyasi, xam korxona yunalishi va bo’linmalari uchun 
batafsil reja sifatida ishlanadi. 
5-bosqich - limiy-texnik va tajriba konstruktorlik ishlari. 4 ta bosqichda 
rivojlanish yo’llari belgilangandan sung bevosita sotish uchun maxsulot ishlab 
chiqarishga ilmiy-tadkikot , tajriba va konstruktorlik ishlari, texnologiya, ishlab 
chiqarish rejasi, tajriba ishlab chiqarish va x.k.ga utiladi. Nixoyat, maxsulot 
yaratildi. 
6-bosqich - maxsulotni bozorga kiritish. Buning eng muxim sharti bozorga 
chiqishning eng maqbul yo’lini tanlash bilan birga, narx siyosatini xam 
belgilashdir. 
7-bosqich - reklama bozorda uylab samarali ish yuritmay muvaffakiyatga 
erishib bulmaydi. Tovar xaqida xaridorlarga axborot berish va uni sotib olishga 
undash - murakkab va ma’suliyatli vazifa bo’lib, u bilan bir vaqtda savdoni 
ragbatlantirish xaqida xam gamxurlik qilish kerak. 
8-bosqich - maxsulot assortimentini boshqarish. Talab xaridorning assortiment 
o’zgarishiga talabi o’zgarishini urganish. Assortimentni o’zgartirish, bozorga taklif 
etilgan dastlabki variantga to’zatish kiritish. 
9-bosqich - savdo faoliyatini boshqarish. Savdo, ikni tashish, yuklarni 
kadoklashga aloxida e’tibor beriladi. 
10-bosqich - savdodan keyingi xizmat ko’rsatish, iste’molchiga servis xizmati 
ko’rsatish, tovardan foydalanishda kumaklashish. 
11-bosqich - marketing faoliyatini nazorat qilish. Butun faoliyat dasto’rini 
nazorat qilish. Oxirgi bosqichning tugashi, birinchi bosqichning boshlanishini 
bildiradi. 
Marketing strategiyasini bilish «marketingni boshqarish» tushunchasiga ta’rif 
berishga imkon yaratadi. Marketingni boshqarish - bu ishlab chiqarish va bozorni 
foyda olish, savdo xajmini oshirish, bozordagi xissasini oshirish maksadida 
xaridorlar bilan foydali ayirboshlashni ta’minlash, mustaxkamlash maksadida 
urganish va taxlil etishdir. 
Marketingni boshqarish vazifalari jumlasiga talab darajasi, vaqti va 
xususiyatiga tashkilot oldida tutgan maksadga erishish uchun yordam berish 
niyatida ta’sir etish xam kiradi. Boshqacha qilib aytganda marketingni boshqarish - 
bu talabni boshqarishdir. Xakikiy talab darajasi istalgandan past yoki yuqori 
bo’lishi mumkin. Bunday xolat bilan marketing bo’yicha boshqaruvchi duch 
kelishi mumkin. 


Marketing bo’yicha boshqaruvchi - tashkilotning marketing vaziyatini taxlil 
qilish, belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi va nazorat vazifalarini amalga 
oshiruvchi xodimidir. Bunga savdo xizmati boshqaruvchisi va xodimlari, reklama 
xizmati xodimlari, savdoni ragbatlantirish bo’yicha mutaxassislar, marketing 
bo’yicha tadqiqotchilar, marketing bo’yicha tadqiqotchilar, tovarlar bo’yicha 
boshqaruvchilar va narxni tashkil etish bo’yicha mutaxassislar kiradilar. 



Yüklə 379,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin