Marketing mix Bajardi: Sultonov Muhriddin Toshkent 2016 Reja



Yüklə 379,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix06.04.2023
ölçüsü379,12 Kb.
#94121
1   2   3   4   5   6
111739 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 


Xulosa 
Mamlakatimizda XX asrning 90-yillariga qadar hukm surgan va ma`muriy- 
buyruqbozlikka asoslangan xo`jalik yuritish tizimi davridagi eng katta illatlardan 
biri, bu – talab bilan taklif o`rtasidagi nomutanosibliklar bo`lib, uning asosiy 
sababi ishlab chiqarishning bozor talablariga moslashmagani edi. Moddiy 
ta`minotdagi etishmovchiliklar, fan-texnika taraqqiyotining pastligi, reklamani 
yaxshi 
yo`lga 
qo`yilmagani, 
iqtisodiyotni 
rejalashtirish 
tizimining 
takomillashmagani, bozorda ro`y berayotgan jarayonlar to`g`risida axborotlarni 
etarli bo`lmagani va boshqa sabablar natijasi o`laroq ishlab chiqarishni tashkil 
qilish va uning samaradorligi achinarli ahvolda edi. 
Endilikda, bozor iqtisodiyotiga amal qilinayotgan sharoitda, respublikamiz 
iqtisodiyotida vaziyat tubdan o`zgardi. Bozor munosabatlari talab va taklifga 
samarali ta`sir o`tkazish, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, bu 
sohada turli mamlakatlarda to`plangan ijobiy tajribani o`rganish va marketing 
tamoyillarini to`la-to`kis o`zlashtirishni talab qilmoqda. 
Jahon tajribasi shu narsadan dalolat beradiki, bozorga marketing yo`li bilan 
yondashish va ishlab chiqarishni shu yondashuv asosida tashkil qilish har qanday 
firma yoki kompaniya muvaffaqiyatining garovi bo`lib xizmat qiladi. 
Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimenti tabaqalashib, ehtiyojlar 
o`sib borgani, fan-texnika taraqqiyoti kuchayib, xizmat ko`rsatiladigan sohalar 
kengaygani va raqobat keskinlashgani sayin marketing strategiyasi va taktikasini 
ishlab chiqish va amalga oshirishga bo`lgan ehtiyoj ortib boradi. Chunki marketing 
bozorni har tomonlama tahlil qilish, barcha ijtimoiy va iqtisodiy jihatlardan, 
jumladan, baholar siyosati jihatidan uni tartibga solish, talab va ehtiyojlarni 
hisobga olgan holda tovar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish, barcha turdagi 
xizmatlarni rivojlantirish omilidir.



Yüklə 379,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin