Marketing mix Bajardi: Sultonov Muhriddin Toshkent 2016 Reja



Yüklə 379,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix06.04.2023
ölçüsü379,12 Kb.
#94121
  1   2   3   4   5   6
111739 (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI 
VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI 
 
 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu : Marketing mix 
 
Bajardi:Sultonov Muhriddin 
Toshkent 2016 


Reja: 
 
 
 
1.Kirish. 
 
2.Asosiy qism.

1)Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi… 

2)Marketing-miksning moxiyati va elementlari… 

3) Xizmatlar uchun marketing -miks 

3.Xulosa.

4.Foydalanilgan adabiyotlar. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Kirish. 
Bozor sharoitlari va uning o`ziga xos xususiyatlarini, undagi raqiblar 
salohiyatiyu, raqobat usullarini, muayyan tovar va xizmatlarga bo`lgan talab va u 
erda mavjud bo`lgan taklifni puxta va atroflicha o`rganish tovar ishlab 
chiqaruvchilar va xizmat ko`rsatuvchilar uchun yutuq va barqarorlik garovidir. 
Ana shu aytib o`tilgan ishlarni amalga oshirish hozirgi 
zamon tilida marketing deb yuritiladi. Bozor 
mexanizmining asosiy elementlari (tovarlar taklifi, 
xaridorlar talabi, narx-navo) bir-biri bilan shu qadar uzviy 
bog`liqki, ularni o`rganmay turib, bozordagi jarayonlarni 
to`g`ri tushunib etish anchagina mushkul ishdir. Shuning 
uchun xo`jalik amaliyotining chalkashliklari, uning siru 
asrorlarini bilmoq uchun har qanday tadbirkor, birinchidan, 
maxsus bilimlarga ega bo`lmog`i va, ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini o`tkazib 
turmog`i lozim.Marketing faoliyati tijorat ishlarida xavf-xatarni kamaytirish
mavjud sharoitu vaziyatlarni eng maqbulini tanlab olish, ishlab chiqarish va 
sotuvning yuqori foyda berib turishini ta`minlash va xaridorlar uchun to`g`ri 
keladigan baholarni belgilashga yordam beradi. Marketingning asosiy tamoyillari 
bozorni bilish, bozorga moslashish va bozorga ta`sir o`tkazishdan iboratdir.
Bozorni bilish deganda, iste`molchilarni har tomonlama o`rganish, ularning 
did va istaklarini bilish ko`zda tutiladi. Demak, bozorga moslashish muayyan 
talabni qondiradigan mahsulotlarnigina ishlab chiqarmoqni bildiradi. Nima ishlab 
chiqarilgan bo`lsa, shuni sotmaslik, balki bozortalab mollarnigina ishlab 
chiqarmoq zarur. Bozorga ta`sir o`tkazish talabni shakllantirish demakdir, ya`ni 
tovarni yaratish bilan iste`molchini ham “yaratmoq” lozim. 
Marketingning umumiy tamoyillari va vazifalariga qarab faoliyatning aniq 
yo`nalishlari va mazmuni belgilanadi. Ularning orasida eng muhimlari: bozorni 
atroflicha o`rganish, mahsulot turlarini rejalashtirish, mahsulot sifatini qiyomiga 
etkazish, tovar reklamasini tashkil qilish, uning eng maqbul bahosini belgilash 
hamda savdosini tashkil etishdir. 

Yüklə 379,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin