Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi konsepsiyasi



Yüklə 494,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix06.04.2023
ölçüsü494,15 Kb.
#94124
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Data base security - lecture 6 (1)

Yondashuvning kamchiliklari 
Yondashuv quyidagi kamchiliklarga ega: 
• ixtisoslashtirish to'liq emasligi oqibatida komponentlar nomuvofiqligi 
ehtimolining ortishi; 
• komponentlarga qayta tuzish mumkin bo‘lmagan testlovchi dasturlarni loyihalash 
va amalga oshirishda sarf-xarajat mavjudligi; 
• initerfeysning kechikishli loyihalanishi, muvofiq ravishda uni 
ixtisoslashtirilishining aniqlashtirilishi uchun buyurtmachiga namoyish etish 
imkoniyati yo‘qligi; 
• ko‘tariluvchi yondashuv tarixan avval paydo bo‘lgan. Bu dasturchilar 
mushohadasining o‘ziga xosligi bilan bog‘liq bo‘lib, ular tahsil jarayonida o`rtacha 
dasturlarni yozishda avval quyi darajalar komponentlarini (tagdasturlarni, sinflarni) 
detallashtirishga o‘rganib qolishadi. Bu esa yuqori darajalar jarayonlarini 
yaxshiroq anglashda ularga imkon beradi. Dasturiy ta’minotning sanoatda 
tayyorlanishida ko‘tariluvchi yondashuvdan hozirgi paytda aslida 
foydalanilmayapti. 
Pastlashuvchi yondashuv 
Pastlashuvchi yondashuv shuni nazarda tutadiki, komponentlarni loyihalash va 
keyingi amalga oshirish 
≪yuqoridan-quyiga≫ bo‘yicha bajariladi, ya’ni avval 
iyerarxiya yuqori darajalari komponentlari loyihalanadi, so‘ngra keyingilari, 
shu tariqa eng quyi darajalarda davom ettiriladi. Aynan shunday davomiylikda 
komponentlar amalga oshiruvi ham bajariladi. Bunda quyi, hali amalga 
oshirilmagan darajalar komponentlari dasturlashtirish jarayonida maxsus- ishlab 
chiqilgan sozlovchi modullar 
≪tiqin≫lar bilan almashtiriladi, bu esa amalga 
oshirib bo‘lingan qismni testlash va sozlashga imkon beradi. 
Pastlashuvchi yondashuvdan foydalanishda komponentlarni loyihalash va amalga 
oshirish ketma-ketligini belgilashning iyerarxik, operatsion hamda 
kombinatsiyalangan usullari qo‘llaniladi. Iyerarxik usul ishlab chiqish qat’iyan 
darajalar bo‘yicha bajarilishini nazarda tutadi. Ma’lumotlar bo‘yicha qaramlik 
mavjudligida istisnolarga yo‘l qo‘yiladi, ya’ni qandaydir modul boshqasining 
natijalaridan foydalanayotgani aniqlanilsa, uni o‘sha moduldan keyin dasturlash 
tavsiya etiladi. Mazkur usulning asosiy muammosi yetarlicha murakkab 
≪tiqin≫larning katta miqdori hisoblanadi. 


Bundan tashqari, mazkur usuldan foydalanishda modullarning asosiy qismi loyiha 
ustidagi ish yakunida ishlab chiqiladi va ijobatlanadiki, bu inson resurslarining 
taqsimotini qiyinlashtiradi. Operatsion usul modullar ishlab chiqilishi ketma-
ketligini dastur ishga tushirilishda ularning bajariljsh tartibi bilan bog‘laydi. 
Usulning qo‘llanishi modullarni bajarish tartibi ma’lumotlarga bog'liq bo‘lib 
qolishi bois murakkablashadi. 
 

Yüklə 494,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin