Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi konsepsiyasi



Yüklə 494,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix06.04.2023
ölçüsü494,15 Kb.
#94124
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Data base security - lecture 6 (1)

Kombinatsiyalangan usul 
Kombinatsiyalangan usul ishlab chiqish ketma-ketligiga ta’sir qiluvchi quyidagi 
omillarni hisobga oladi: 
• modulning erishuvchanligi — mazkur modulning chaqiruv zanjirida barcha 
modullar mavjudligi
• ma’lumotlar bo‘yicha qaramlik — ayrim ma’lumotlarni shakllantiruvchi 
modullar qayta ishlanuvchilardan oldin yaratilishi shart; 
• natijalarni berish imkoniyatini ta ’minlash — natijalarni chiqarish modullari 
qayta ishlovchilardan ilgari ishlab chiqilishi shart; 
• yordamchi modullar shayligi — yordamchi modullar, masalan, fayllarni yopish, 
dasturni yakunlash modullari qayta ishlanuvchilardan oldin yaratilishi shart; 
• zarur resurslar mavjudligi. 
Bundan tashqari, boshqa teng sharoitlarda murakkab modular soddalaridan avval 
ishlab chiqilishi shart, chunki ularning loyihalanishida ixtisoslashtirishlardagi 
noaniqliklar aniqlanishi mumkinki, bu qanchalik erta yuz bersa, shunchalik yaxshi. 
Pastlashuvchi yondashuv maxsus ta’kidlangan holatlarda komponentlarni ishlab 
chiqishning pastlashuvchi ketma-ketligi buzilishiga yo‘l qo‘yadi. Jumladan, agar 
quyi darajadagi ayrim komponentdan yanada yuqori darajalardagi ko‘plab 
komponentlar foydalansa, mazkur komponentni uni chaqiruvchi komponentlardan 
ko‘ra avval loyihalash va ishlab chiqish tavsiya etiladi. 
Obyektli-mo‘ljalli dasturlash 
Pastlashuvchi yondashuvdan obyektli-mo‘ljalli dasturlashda ham odatda, 
foydalaniladi. Yondashuv tavsiyalariga muvofiq dastlab dasturiy ta ’minlashning 
foydalanuvchi interfeysi loyihalashtiriladi va ishlab chiqiladi, so‘ngra predmetli 
soha ayrim asos obyektlarining sinflari ishlab chiqiladi, shundan keyingina 
mazkur obyektlardan foydalangan holda boshqa komponentlar loyihalashtiriladi 
hamda amalga oshiriladi. 
Pastlashuvchi yondashuv tomonidan quyidagilar ta’minlanadi: 
• loyihalashtirilgan komponent ixtisoslashtirilishlarini maksimal to‘liq belgilash va 
komponentlarning o‘zaro muvofiqligi; 
• foydalanuvchi interfeysini erta belgilash, buning namoyishi yaratilayotgan 
dasturiy ta’minlash talablarini aniqlashtirish uchun buyurtmachiga imkon beradi
• pastlashuvchi testlash va kompleks sozlash imkoniyati. 



Yüklə 494,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin