Markazlashtirilgan ko‘pchilik foydalanuvchi axborot
tizimlarida ma`lumotlar bazasi xavfsizligi
Taqsimlangan ma`lumotlar bazasi yaxlitligini ta’minlashda qator muammolar
mavjud:
- bir necha foydalanuvchilaming bitta axborotdan bir vaqtda foydalanish
imkoniyati (ayniqsa, ma’lumotlar bazasiga murojaatlar, tuzatishlar
kiritish bilan
bog`liq bo`lsa);
- ma’lumotlar bazasining alohida qismlarining turli kompyuterlarbo‘yicha fizik
tarqoqligi;
- axborot manbalarining har xilligi.
Birinchi muammo har qanday taqsimlangan ma’lumotlar bazasiga taalluqli bo`lsa,
ikkinchi muammo - agar maiumotlar bazasi taqsimlangan bo`lsa,
uchinchi muammo - agar tizim geterogen bo`lsa sodir bo`lsa.
Muammo laming birinchi guruhi, asosan, turli foydalanuvchilaming
bir vaqtda tuzatishlar kiritishi natijasida maiumotlaming buzilishi xavfi bilan
bog`liq.
Ko'pchilik foydalanish rejimida tuzatish kiritishli murojaatlarni bajarishda
maiumotlar yaxlitligini ta’minlashning quyidagi sxemalarini ko‘rsatish mumkin:
- boshqa foydalanuvchi axborotga tuzatish kiritayotganida axborotga tuzatish
kiritishni taqiqlash (blokirovka);
- axborot birligining turli nusxalariga
tuzatish kiritish, so‘ngra ro‘y bergan
kolliziyalami bartaraf etish.
Agar MBBT ko‘pchilik foydalanuvchi murojaatlarda yaxlitlikni ta’minlash usulini
tanlash imkoniyatini taqdim etsa, ushbu tanlash natijasiga ko‘p omillar ta’sir etadi,
jumladan:
- tuzatish murojaatlarini bajarishda raqobat darajasi – axborot birligiga bir vaqtda
tuzatish kiritish vaziyati qanchalik tez-tez
sodir boiadi;
- tizim reaksiyasi vaqtiga cheklashlar;
- vaqtning har bir onida maiumotlaming dolzarbligiga
va zid emasligiga talablar;
- texnik vositalar xarakteristikasi.
Dostları ilə paylaş: