zahiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu
holda pul taklifi qisqaradi.
Hozirda hamma mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda ochiq bozordagi
operatsiyalarni, ya’ni davlat qimmatli qog’ozlarini
taklif qilish usulidan keng
foydalanilmoqda. Ushbu operatsiyalarni Markaziy bank asosan nufuzi katta banklar
guruhi bilan birgalikda amalga oshiradi.
Pul bozorida muomalada pul miqdori ortiqchaligi mavjud deb faraz qilamiz.
Tabiiyki, Markaziy bank ortiqcha pul massasini kamaytirishga harakat qiladi.
Buning uchun, o’zida mavjud bo’lgan o’zining qimmatli qog’ozlarini u ochiq
bozorda aholi va banklarga taklif etadi, ular esa uni xarid qila boshlaydilar. Davlat
qimmatli qog’ozlarini (sotish yoki xarid qilish yo’li bilan) taklifi oshib borgan sari,
unga bo’lgan baho pasayadi, o’z
navbatida, unga bo’lgan foiz (ya’ni, qimmatli
qog’ozlarni sotib olganlarga foiz shaklida to’lanadigan haq) oshadi, bu esa unga
bo’lgan talabni oshiradi. Banklar va aholi qimmatli qog’ozlarni ko’proq xarid qila
boshlaydi, pirovard natijada banklarning zahiralari qisqaradi, o’z navbatida, bu hol
pul taklifining bank mulьtiplikatoriga teng nisbatda qisqarishiga, shuningdek, bank
zahirasi va pul taklifining ortishiga olib keladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy
Banki ham pul kredit siyosatini yuritishda bu vositaning
rolini keskin oshirishni
maqsad qilib olgan.
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri – bu, hisob
stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy
bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi.
Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko’zda tutilmagan zarurat tug’ilganda va
moliyaviy ahvoli mustahkam bo’lgan hollardagina oladilar. Hisob stavkasining
pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan qo’shimcha zahiralarni olish
imkoniyatlari kengayadi. O’z navbatida, bu tijorat banklarining zahiralardan yangi
kreditlar berish bilan pul taklifini ko’paytiradi.
Yana shunday hollar mavjudki,
Markaziy bank hisob stavkasini ko’tara borib, tijorat banklari tomonidan
qo’shimcha zahiralarni olish yo’lidagi to’siqlarni biroz ko’targanday bo’ladi va
kreditlar berish bo’yicha ularning faoliyatini pasaytiradi, shu yo’l bilan pul taklifini
cheklaydi. Agar ushbu stavka past bo’lsa, unda tijorat banklari ko’proq kredit
olishga harakat qiladilar. Natijada banklarning ortiqcha
zahiralari ortib boradi va
muomaladagi pul massasi miqdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda hisob
stavkasi miqdori yuqori bo’lsa, unda banklar kamroq kredit olishga, olganlarini esa
qaytarib berishga harakat qiladilar, pirovard natijada
ortiqcha bank zahiralari
qisqaradi, muomaladagi pul miqdori kamayadi.
Bu ko’rsatkichlar darajasi turli mamlakatlarda iqtisodiy vaziyatga qarab
turlicha maqsadda bo’ladi. Masalan iqtisodiyotda turg’unlik elimentlari ko’ringach
investitsiyalarni qo’llab quvvatlash va umuman iqtisodiy faollikni oshirish uchun
AQSH Federal zahira tizimi hisob stavkasini 2002 yilda bir foizgacha qisqartirdi.
O’zbekiston Respublikasida qayta mmoliyalashtirish stavkasi 2001 yilda o’rtacha
26,8 %, 2003 yilda o’rtacha 27,1 %, 2004 yilda o’rtacha 18,8 foizni tashkil etgan
bo’lsa 2004 yilning dekabrь oyidan 16 foizgacha tushirildi(12-jadval). Amaliyotda,
davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar
siyosati bilan
muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar.
Dostları ilə paylaş: