Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi
jarayonlarini o’rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil
yondashuvchi iqtisodchilar o’rtasida ko’p yillardan beri tortishuvlar bo’lib
kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori nazariyasi
tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal
YaIM ga ta’sirini
inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning ahamiyatiga har xil baho
beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga
asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim.
Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb
hisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar.
Keynschilar pul taklifining YaMIga ta’sirini quyidagi ketma-ketlikda amalga
oshadi deb hisoblashadi:
-pul taklifining o’zgarishi foiz stavkasining o’zgarishiga olib keladi;
-foiz stavkasining o’zgarishi o’z
navbatida, investitsiyalarga bo’lgan talabning
o’zgartiradi;
-investitsiyalarga talab o’zgarishi yalpi talab (yalpi xarajatlarning o’zgarishiga
olib keladi;
-yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmiga ( YaIMga) ta’sir etadi.
Monetaristlar esa pul miqdorining o’zgarishi bilan YaMM o’zgarishi o’rtasida
yaqinroq aloqa mavjud; ya’ni, pul miqdorining o’zgarishi bevosita YaMM
o’zgarishiga olib keladi deb hisoblashadi. Buni ular
pulning miqdoriy nazariyasi
tenglamasi bilan izohlaydilar.
Ayni paytda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb
hisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, beqaror deydilar.
Hozirda mavjud bo’lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki
yondashuvni sintez qilgan, ya’ni, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini qo’shib,
o’zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli
maqsadlariga erishish
uchun monetaristik yondashuv ko’proq ishlatiladi. SHu bilan birga qisqa muddatli
davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta’sir etish usulidan voz kechmaydi. .
Markaziy Bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini
o’zgartirmasdan ushlab turaolmaydi. Pulga talab o’sgan holatlarda maqsad foiz
stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa Markaziy Bank pul taklifini oshirishga
majbur bo’ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining
ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash
foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat qattiq pul kredit siyosati deb
yuritiladi.
Agar pulga talab inflyatsiya tasirida ko’paysa qattiq
pul kredit siyosatini
qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Maboda pulga talab ishlab chiqarish va
daromadlarning o’sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qo’llash
o’rinlidir.
Pul kredit siyosatinig ishlab chiqarish hajmiga ta’siri birinchi paragrafda
ta’kidlanganidek pul taklifi o’zgarishining foiz stavkasi darajasiga,
foiz stavkasi
o’zgarishining esa investitsiya xarajatlari hajmiga (bu bilan yalpi xarajatlar hajmiga
ham) va yalpi xarajatlar o’zgarishining ishlab chiqarish ya’ni yalpi taklif hajmiga
ta’siri ko’rinishida bosqichma - bosqich ro’y beradi. Foiz stavkasining pul taklifi
o’zgarishiga tasirchanligi, yoki investitsiya xarajatlarining foiz stavkasi
o’zgarishiga tasirchanligi past bo’lishi pul kredit siyosatini
amalga oshirishda
muammolarni keltirib chiqaradi.
Pul-kredit siyosati fiskal va savdo siyosatlari bilan chambarchas bog’liq.
Agarda Markaziy bank qayd qilingan valyuta kursini saqlab turishni maqsad qilib
qo’ysa mustaqil (ichki) pul siyosatini olib borish mumkin bo’lmay qoladi. CHunki
almashinuv kursini ta’minlab turish uchun valyuta zahiralarini ko’paytirib yoki
kamaytirib turish iqtisodiyotda pul hajmiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Pul-kredit va
fiskal siyosatlarni muvofiqlashtirish bilan bog’liq qiyinchiliklar ham mavjud.
Agarda hukumat iqtisodiyotni davlat xarajatlarini oshirish orqali qo’llab-
quvvatlashni amalga oshirmoqchi bo’lsa, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi
ko’proq pul-kredit siyosatining xarakteriga bog’liq. CHunki, bu mo’ljallanayotgan
xarajatlar qimmatli qog’ozlar (ya’ni, obligatsiyalar)ni chiqarish evaziga amalga
oshsa, pulga bo’lgan talab oshadi va natijada esa foiz stavkalari ko’tariladi. Bu esa
investitsiya xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Yoki Markaziy bank
hukumatning yuqoridagi siyosatini qo’llab-quvvatlash uchun pul taklifini ma’lum
miqdorda ko’paytirsa, pul qadrsizlanishi mumkin.
Umuman, barqaror pul-kredit siyosati hukumat
tomonidan olib boriladigan
fiskal siyosatga hamma vaqt ham mos kelavermaydi.
Dostları ilə paylaş: