Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi:
1. Hisob stavkasi;
2. Majburiy zahiralar normasi;
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko’rinishidagi
pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o’tkazadi, taklifini o’zgartiradi va shular
orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri –majburiy bank zahira me’yorini
o’zgartirish siyosatidir. Majburiy zahiralar – bu, kredit maqsadlari uchun
ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir.. Zahira normasi ikki asosiy
funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va
kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat
banklari Markaziy bankda
ushlab turishga majbur bo’lgan zahiralarning eng quyi normasini o’rnatadi va shu
vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor
qanchalik yuqori bo’lsa, ortiqcha zahiralar shunchalik kam va tijorat banklarining
kredit berish yo’li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo’ladi. Ilk majburiy
zahira normalari AQSH da 1865 yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank
majburiy bank zahirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zahiralari ortadi, bu esa pul
taklifining mulьtiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me’yor 25 %
bo’lsa, unda bankka qo’yilgan 800 so’mdan 200 so’m majburiy bank me’yorini
tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 so’mni qarzga berishi mumkin bo’ladi. Endi
faraz
qilaylik, me’yor 10 % ga tushiriladi, unda bank 720 so’mni qarzga berish
imkoniyatiga ega bo’ladi va boshlang’ich pul taklifini 720 so’mga oshiradi.
Majburiy bank zahirasi me’yorini ko’tarish yordamida pul taklifini
kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zahiralari qisqarishiga olib keladi.
Pul-kredit siyosatini o’tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta’sir
etadi. Turli mamlakatlarda qo’llanilayotgan majburiy zahira normalari turlichadir.
Yuqori inflyatsiya darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo’lgan
bo’lsa, Italiyada -25 foizni, Yaponiyada bor yo’g’i -2.5 foizni tashkil etadi.
Markaziy bank Boshqaruvi Tijorat banklarining O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankida depozitga qo’yiladigan majburiy
rezervlari normativlariga
o’zgartirishlar
kiritdi
.
Markaziy bank Boshqaruvi 2019 yil 1 iyuldan e’tiboran tijorat banklarining
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga qo’yiladigan majburiy
rezervlari normativlariga o’zgartirish kiritish to’g’risida qaror qabul qildi.
Majburiy rezervlash instrumentining samaradorligini oshirish va tijorat
banklari tomonidan qisqa muddatli likvidlikni boshqarish sharoitlarini
yengillashtirish maqsadida 2019 yilning 1 iyulidan
boshlab majburiy rezerv
normativlariga quyidagi o’zgartirishlar kiritilmoqda:
- tijorat banklarining Markaziy bankda rezerv sifatida shakllantiriladigan milliy
valyutadagi depozitlari uchun 4 foiz hamda chet el valyutasidagi depozitlari uchun
14 foiz miqdorida majburiy rezerv normativlari belgilanmoqda;
- majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan 0,25 o’rtachalash
koeffitsienti o’rnatilmoqda.
Majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan o’rnatilayotgan
o’rtachalash koeffitsienti Markaziy bankka o’tkazilishi lozim bo’lgan majburiy
rezerv miqdorining 25 foizini banklarning vakillik hisobvarag’ida qoldirishga ruxsat
etiladi.
Bunda, tijorat banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i
qoldig’ining saqlash davridagi o’rtacha kunlik miqdori hisoblangan majburiy rezerv
miqdorining 25 foizidan kam bo’lmasligi kerak. Bu tijorat banklari uchun likvidlikni
samarali boshqarishga imkon beradi.
Bunday pasayish pul mulьtiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta
iqtisodiyotda pul taklifining ko’payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha
rezervlarining ko’payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko’paytiriadi va bu
iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas.
Aksincha ko’pincha bir necha vosita birdaniga qo’llanilishi, ya’ni kompleks siyosat
o’tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xo’sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday?
Davlat tomonidan amalga
oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir
ko’rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar
soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz
yuqorida ko’rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul
taklifi o’sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo’lgan talabni
oshiradi va o’z navbatida, YaIM miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu bilan
davlat ma’lum davrda o’z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi
to’xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati to’g’risida gapirganda, bu siyosatning qisqa
muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak.
Agarda qisqa muddatli
davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o’sishini
rag’batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo’lsa, uzoq
muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: