6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix07.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#94588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

Algoritmli fikrlash – aniq tushunchalar asosida hukm tarzida xulosa 
chiqarish. 


Tanqidiy fikrlash – axborotlarni o‘zlashtirishdan boshlanadigan va xulosa 
chiqarish bilan tugallanadigan murakkab o‘ylash jarayonidir. 
Mustaqil fikrlash – bu insonning muammoni, uni hal qilish yo‘llarini o‘zi 
ko‘ra olishi va unga mustaqil javob topa olish qobiliya-tidir.
XX asrning so‘ngi choragida psixologik va pedagogik adabiyotlarda ta’lim 
jarayonining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik yondashuv va 
tamoyillarni amalga oshirish ko‘plab ta’riflanganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, 
“aqliy rivojlanish” tushunchasi keng qo‘llaniladi, lekin qanday belgilariga ko‘ra 
inson aqli, uning aqliy rivojlanish darajasi haqida fikr yuritish mumkin degan 
savolga bir mazmunli javob berilmaydi. Barcha psixologlar aqliy rivojlanishda 
ta’lim asosiy, hal qiluvchilik rolini o‘ynashini e’tirof etadi. Bu insonning ijtimoiy 
tabiatidan kelib chiqadi. Ma’lumki, insonning psixik rivojlanishi u yashayotgan 
ijtimoiy-tarixiy Shart-Sharoitlarda aniqlanadi. O‘z hayotining birinchi kunidanoq 
bola kattalar ta’siri ostida ijtimoiy tajribani o‘zlashtira boshlaydi. Bu tajribalarni 
o‘zlashtirish jarayonida bolaning aqliy rivojlanishi, uning insoniy qobiliyatlarining 
shakllanishi sodir bo‘ladi.
Olimlar orasidagi ba’zi xilma-xillik aqliy rivojlanishda bilimlarning roli 
qandayligi haqidagi masalani keltirib chiqaradi. Masalan, A.N. Leontev bilimlar 
bilan aqliy rivojlanish, xuddi Shunday rivojlanish o‘rtasida aniq teng ishorasini 
qo‘yadi. Uning fikricha, insoniyat tajribasini “o‘zlashtirish” butunlay bola 
yashayotgan va rivojlanayotgan ijtimoiy Sharoitlarda qo‘lga kiritilganligi bilan 
xarakterlanadi. Boshqa olimlar(E.N. Kabanov-Meller, V.A. Krutetskiy) bilimlarni 
ahamiyatini pasaytirmaydi, biroq uni mutlaqlashtirmaydi ham. Ular bilim aqliy 
rivojlanishSharti sifatida aks etadi, lekin uning tuzilishiga kirmaydi, deb 
hisoblashadi. Bu mualliflarning fikricha, aqliy rivojlanish faqatgina bilimni 
o‘zinigina emas, insonning mazkur bilimni yangi Sharoitlarda qo‘lga kiritish, 
qo‘llay olish, uzatish imkoniyatidan kelib chiqadi. 
Z.I. Kalmыkov quyidagi ta’rifni taklif etadi: aqliy rivojlanish – inson 
psixikasining individual o‘ziga xosliklaridan, u yashayotgan ijtimoiy-tarixiy 
Sharoitlar bilan bog‘liqlikda hayotiy tajribalarni oshib borishi va uning yoshi bilan 
aloqadorlikdagi intellektual faoliyatidan kelib chiqadigan miqdoriy va sifat 
o‘zgarishlarining murakkab dinamik tizimi. Insoniyat tajribasini qanchalik 
o‘zlashtirganlik aqliy rivojlanishda hal qiluvchi omil sifatida aks etadi. Amaliy 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin