6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/23
tarix07.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#94588
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

Ikkinchi yo’nalish. Kishi jismoniy sog’lomligini ta’minlashda tabiatdagi 
sog’lomlashtiruvchi 
kuchlardan 
foydalanish 
yoshlarning 
sog’lig’ini 
mustahkamlash, organizmni chiniqtirish va ularning muntazam jismonan 
rivojlanish darajasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy 
vositalar quyosh, havo va suvdan iborat bo’ladi, ya’ni tabiat kuchlari jismoniy 
mashg’ulotlar o’tkazish va mustaqil Shug’ullaniSh uchun eng asosiy vositalar 
sifatida foydalaniladi. 
Uchinchi yo’nalish. Jismoniy tarbiyada foydalaniladigan jismoniy tarbiya 
vositalari orasida eng ko’p qo’llaniladigani jismoniy mashqlar tizimidir. Ular 
orqali quyidagi samaralarga erishiladi: 

Gavda muskullarining me’yorida o’sishi ta’minlanadi; 

Organizm jismonan mustahkamlanadi; 

Yurak qon – tomir tizimi faoliyati yaxshilanadi; 

Nafas olish tizimining ishlashi yaxshilanadi; 

Bosh miya qobig’ida harakatlantiruvchi sohalarning faoliyatini yaxshilashga 
samarali ta’sir ko’rsatadi. 
Ushbu yo’nalishdagi jismoniy tarbiya vositalari tizimida gimnastika, harakatli 
o’yinlar va sport mashg’ulotlari yetakchi o’rinni egallaydi. 
Gimnastikaning quyidagi turlari mavjud: 

Asosiy gimnastika, ya’ni gigiyenik gimnastika; 

Sport gimnastikasi va uning ba’zi turlari (akrobatika, badiiy gimnastika va Shu 
kabilar); 

Yordamchi, jumladan davolovchi gimnastikasi. 
Sport. Jismoniy tarbiya tizimida sport musobaqalarini tashkil etilishi va 
uyushtirilishi jismoniy tarbiyani og’ishmay amalga oshirishning asosiy 
vositalaridan hisoblanadi. Bundagi xatti – harakatlar ko’proq musobaqaviy tarzda 
amalga oshirilib, ularda eng yuqori yutuqlarga intilish, ya’ni g’oliblikni qo’lga 
kiritish, muntazam ravishda mashq qilish, sport musobaqalarga qatnashish, sport 
razryadlari olish, sport ustasi maqomiga sazovor bo’lish va hakozo ko’rinishlarda 
amalga oshiriladi. 
Bugungi kunda Respublikamizda sportning barcha turlariga katta e’tibor 
berilmoqda va bu sohadagi ishlarni qo’llab – quvvatlash davlat siyosati 
darajasigacha ko’tarilgan. Bularni “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, 
“Universiada” va Shu kabi respublika miqyosidagi o’tkazilayotgan sport 
musobaqalaridan ham anglasa bo’ladi. Ularning natijalari esa Vatanimiz 
yoshlarining dunyo miqyosida o’z o’rnini topishiga keng imkoniyatlar yaratmoqda. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin