iborat bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy
me’yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ularni anglab etishdan iboratdir.
Xatti-harakatlar tizimi ma’naviy-axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada
quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- ma’naviy-axloqiy
tarbiya
axloqsizlikka
qarshi
kurashdagi
«kompaniya»ga aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga
oshirilishi zarur;
- o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol
hayotiy vaziyatlar, axloqiy me’yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning
o‘z nuqati nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi;
- shaxsda o‘z idealiga intilishiga bo‘lgan his-tuyg‘ularini uyg‘otishga
yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko‘nikmalarni tarbiyalash;
- ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning
tajribasi, tarbiya qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va
yomon xatti-harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga
oshirish;
- tarbiyalanuvchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar – insoniylik,
insonga hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil
etishda muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib
toptirish;
- fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa
juda ko‘p ma’naviy-axloqiy sifatlar – boshqlarga g‘amxo‘rlik qilish, odamlarning
g‘am-tashvishi, quvonchini tushuna olish, o‘z manfaatidan o‘zgalar manfaatlarini
ustun qo‘yish, axloqiy me’yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni
to‘xtataolish, ma’lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda jamoa a’zolarining fikri
bilan o‘rtoqlashish, mas’uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilar xatti-harakatlarida
ko‘zga tashlanadigan salbiy odatlar – jamoa joylarida qattiq gapirish, qo‘pol
so‘zlarni ishlatish, hissiyotga berilish, o‘ylamay gapirish, ishonli bo‘lmagan
hamda, dalillar bilan tasdiqlanmagan voqea-hodisalar haqida fikr yuritish,
boshqalarning suhbatini bo‘lish, qo‘lini silkitib gapirish kabilarning bartaraf etib
borilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Arzimas bo‘lib ko‘ringan, lekin shaxsning kelajak hayot va ksbiy faoliyatni
tashkil etishda, muvaffaqiyatga ega bo‘lish yo‘lida, zarurli bo‘lgan bu kabi
odatlardan holi bo‘lishda o‘quvchilrga yordam ko‘rsatish o‘qituvchilarning muhim
vazifalaridan sanaladi.
Dostları ilə paylaş: