JISMONIY TARBIYA
Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari
Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi – o‘quvchilar tanasidagi barcha a’zolarni
tabiiy sog‘lom o‘sishini ta’minlash, ularni aqliy va jismoniy mehnatga shuningdek,
vatan mudofaasiga tayyorlashdir.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilar:
Har tomonlama, ya’ni ham jismonan, ham ma’nan rivojlangan barkamol
Shaxsni shakllantirishga muhim hissa qo’shib va ulardagi ozodalik,
pokizalik, irodalilik, sabr – bardoshlilik ko’nikmalarini tarkib toptirishdan
iboratdir (bosh vazifa);
Sog’liqni
mustahkamlash,
organizmni
chiniqtirish,
jismoniy
takomillashuvga asos yaratish;
Yoshlar ongida harakat turlari to’g’risida tasavvur hosil qilish va ularning
kishi sog’lom turmush tarzidagi ahamiyati haqidagi ko’nikma va
malakalarni yoshlar ongida shakllantirish;
Kishining harakatlanish jarayoniga tegishli faoliyatini takomillashuviga
yordam berish;
Yoshlarning yoshiga, jinsiga mos keladigan jismoniy mashqlar tizimini
aniqlash va ularning asosiy harakat faoliyatining rivojlantiruvchi
mexanizmlarini (texnologiyalarini) ishlab chiqish;
Jismoniy tarbiya va sport, jismoniy madaniyat va onglilik sohasidagi
ma’lumotlarni bayon qilishda axloqiy – irodaviy sifatlarni tarbiyalash, xulq
– atvor ko’nikmalarini shakllantirishni nazarda tutish;
Yoshlarning sport bilan qiziqish va unga bo’lgan maylligini hosil qilish
yordamida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bilan muntazam ravishda
shug’ullanish uchun odatlanishiga yordam berish (ijobiy ta’sir ko’rsatish);
Yoshlar turmush tarzida jismoniy tarbiyaga ongli munosabatda bo’lishni
o’rgatish, ya’ni o’z sog’lig’iga ongli munosabatda bo’lishni shakllantirish
orqali ularni gigiyena qoidalariga amal qilishni va ertalabki gimnastika
qilishga odatlantirish hamda doimiy ravishda sport mashg’ulotlariga
qatnashishini tarkib toptirish.
Dostları ilə paylaş: