1. Ertalabki badantarbiya. Sog’lom bo’lishni
va muntazam aqliy
rivojlanishni o’ziga maqsad qilib olgan har qanday insonning ertalabki
badantarbiyasi ish kunining asosiy dastlabki bosqichidan iborat bo’lmog’i lozim.
Bu holatga o’qituvchi ham alohida e’tiborni qaratish lozim bo’ladi, ya’ni
o’qituvchi har bir o’quvchining ish kuni badantarbiya
mashqlarini bajarishdan
boshlanishiga erishish kerak. Bunday mashqlar uchun mo’ljallangan harakatlar
majmualarini jismoniy madaniyat darslarida o’rganish kerak. Har bir majmuaga 6-
7 ta mashq kiritiladi va bunda muskullarning hammasini qamrab oluvchi mashqlar
(harakatlar) e’tiborga olinmog’i lozim bo’ladi.
2.Mashg’ulotlargacha bo’lgan badantarbiya. Bunday mashg’ulotlar dars
jarayoni boshlangunga qadar amalga oshiriladi. Muntazam ravishda olib
boriladigan bunday mashqlardan ko’zlangan maqsad, o’quvchilar
organizmining
tashqi muhitga nisbatan chiniqishini va qomatining to’g’ri rivojlanishini
ta’minlashdan iborat bo’ladi. Bu turdagi badantarbiyani
sport maydonlarida
o’tkazilsa qulay bo’ladi va bu bilan qo’shimcha ravishda yugurish,
sakrash kabi
harakatlarni ham qo’shib olib borishga imkoniyat yaratiladi. Har qanday Sharoitda
ham kamida bir oyda bunday mashg’ulotlar majmuasini tarkibiy harakatlar tizimini
almashtirib turish lozim.
Dostları ilə paylaş: