O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
 
 
 
 
 


48 
8-mavzu: Tilshunoslik va adabiyot. Lingvopoetika 
Reja: 
1.Tilshunoslik va adabiyot. Tilshunoslikning badiiy adabiyot bilan 
munosabati. Lingvopoetikaning shakllanishi.
2.Badiiy tasvir vositalari. Fonetik poetika (FP), leksik poetika 
(LekP), 
morfologik 
poetika(MP), 
sintaktik 
poetika 
(SP) 
lingvopoetikaning qismlari sifatida. 
Tayanch so‘z va iboralar: Badiiy so„z, badiiy adabiyot, 
lingvopoetika, emotsional-ekspressivlik, sintaktik gradatsiya, sintaktik 
sinonimiya, boglovchilarning maxsus qo„llanishi, antiteza, monolog, 
sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik so„roq, anafora, epifora,
ellipsis, alliteratsiya, ritorik murojaat, sintaktik parallelizm, emotsional 
gaplar 
Tilshunoslik va adabiyot. Tilshunoslikning badiiy adabiyot bilan 
munosabati. Lingvopoetikaning shakllanishi. Tilshunoslik badiiy 
adabiyot bilan ham uzviy aloqadadir. Badiiy adabiyotning quroli so‗z 
bo‗lganidek, so‗zning barcha ma‘no tovlanishi, gapdagi imkoniyatlari, 
ta‘sir qudrati badiiy matnda ko‗rinadi. Badiiy matnda til go‗zallik 
kategoriyasini voqelantiradi. A.Navoiy tilning mana shu jihatiga alohida 
e‘tibor qaratib, ―Saddi Iskandariy‖ dostonida tilga shunday ta‘rif beradi: 
So‗z inson tabiatining ishvagar dilbari, u ko‗zga ko‗rinmaydigan 
parisifat nozanindir. So‗z – jahon-jahon diloroliqqa ega, go‗zallik va 
latofat uni ko‗zga ko‗rinmas qilib qo‗ygan. G‗azal mulkining sultoni – 
A.Navoiyning ushbu ta‘riflariga quyidagi fikrlar hamohangdir: 
―Tilning o‗zidan ham go‗zallik moddasi sifatida, xususan, qalamu so‗z 
ahli va umuman xalq foydalanadi. Chunki til yetuk hodisalardan bo‗lib, 
unda go‗zallik uchun zarur bo‗lgan hamma sifatlar mavjuddir. 
Birinchidan, tabiat va insondagi mavjud go‗zallikni aks ettirish vositasi 
bo‗lsa, ikkinchidan, tilning o‗zi go‗zallikni vujudga keltiradi‖. 
43
Buyuk shoir o‗z asarlarida tilning ta‘sir ko‗rsatish vazifasini 
alohida tavsiflaydi: So‗z o‗lgan odamning tanasiga pok ruh bag‗ishlaydi. 
So‗zdan tandagi tirik ruh halok bo‗lishi mumkin. Yaxshi so‗z bilan 
43
Рустамий А. Адиблар одобидан адаблар. –Тошкент: Маънавият, 2003. –Б. 17-20. 


49 
o‗lganni tiriltira olgani uchun Iso payg‗ambar o‗zini ―Jonbaxsh‖ degan 
laqab bilan atagan (―Hayrat ul-abror‖). A.Navoiy aytganlaridek, til 
go‗zalligi va ta‘sir qudrati til estetikasining tub mohiyatidir. 
Ta‘sirchanlik, go‗zallik kabi estetik xususiyatlar tilning barcha 
shakllarida u yoki bu darajada mavjud. Biroq tilning estetik vazifasi
butun o‗ziga xosligi va murakkabligi bilan badiiy nutqda yorqin 
namoyon bo‗ladi. Badiiy asar tili xuddi shu xususiyati bilan adabiy 
tildan farq qiladi. Bu haqida O.Sharafiddinovning quyidagi fikrlarini 
aytib o‗tish o‗rinlidir. ―Badiiy til o‗z vazifasiga ko‗ra adabiy tildan 
ancha farq qiladi. Agar adabiy til birinchi navbatda aloqa quroli sifatida 
ko‗rinsa, ikkinchidan haqiqatlar haqida kitobxonga informatsiya bersa,
badiiy til bu vazifalardan tashqari o‗quvchiga emotsional-estetik ta‘sir 
ko‗rsatish vazifasini ham o‗taydi. Badiiy asarning tili obrazli. Tilning 
obrazliligi 
esa 
uning 
ta‘sirchanligida, rangdorligida, jilolarida 
ko‗rinadi‖.
44
Haqiqatan ham badiiy asar tili kommunikatsiya vositasi 
emas, san‘at asarining materiali sifatida namoyon bo‗ladi. Badiiy 
adabiyotda qo‗llaniladigan barcha lingvistik vositalar til madaniyati 
talablariga javob bergan holda, badiiy nutqning estetik ko‗lamdorligini 
oshirishga xizmat qiladi. Badiiy asar tilini tilning aynan estetik 
vazifasining namoyon bo‗lishi tarzida o‗rganuvchi sohani ―lingvistik 
poetika‖ – ―lingvopoetika‖ deb nomlanishi adabiyotlarda qayd etilgan.
45
Lingvopoetikaning predmeti va obyekti xususida quyidagi fikr 
ahamiyatga 
molikdir: 
―Filologiyaning alohida bo‗limi sifatida 
lingvopoetikaning predmeti badiiy asarda foydalanilgan til birliklarining 
yig‗indisi hisoblanib, ular yordamida yozuvchi o‗zining g‗oyaviy-badiiy 
niyatini amalga oshirish uchun zaruriy estetik ta‘sirni ta‘minlaydi; 
lingvopoetik tahlilning maqsadi muallif tomonidan u yoki bu til birligi ( 
so‗z, so‗z birikmasi, sintaktik konstruksiya) badiiy so‗z ijodi jarayoniga 
qanday kiritilishi, til vositalarining u yoki bu o‗ziga xos birikmasi 
44
Шарафиддинов О. Сўз мўъжизаси// Шарқ юлдузи.1985. №3.176-б. 
45
Григорьев В.П. Поэтика слова. – М.: Наука, 1979; Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Т.: Фан, 
2008, 18-б. 


50 
mazkur estetik effekt yaratilishiga qay tarzda olib kelishini aniqlashdan 
iborat bo‗lishi lozim‖.
46
Y.Is‘hoqovning ―Klassik adabiyot poetikasidan ma‘lumotlar‖ 
maqolasida tarixiy poetikada she‘riyat uch yo‗nalishda (ilmi aruz, ilmi 
bade‘, ilmi qofiya) o‗rganilganligi aytilgan. Mana shu uch yo‗nalish 
tadqiq etilgan bir qancha asarlar mumtoz adabiyotimizda vujudga kelgan 
bo‗lib, ularning ayrimlarida badiiy asar tiliga oid fikrlar aytib o‗tilgan. 
47
G‗arbda XIX asrning II yarmida filologiya tilshunoslik va 
adabiyotshunoslik fanlariga bo‗linib ketgach, poetik matnlar tahlilida 
mukammallikdan, tizimlilikdan yiroqlashish yuz beradi. Har bir 
yo‗nalish o‗z muammolarini hal etish, binobarin, matndan o‗zlariga 
tegishli bo‗lgan masalalarni hal etishda foydalanadilar. Shu sababli, 
matnni umumfilologik tahlil etish tarafdorlari bo‗lib maydonga chiqqan 
bir guruh olimlar Sankt-Peterburg shahrida OPOYaz – poetik til 
bo‗limini tuzadilar va uning har ikki yo‗nalishiga baravar xizmat 
qiladigan kuzatishlar olib boradilar. Ushbu til bo‗limining natijalari 
lingvopoetikaning shakllanishiga sabab bo‗ladi. 
Badiiy asar tili va uslubini umumfilologik, stilistik, lingvistik 
o‗rganish o‗zbek tilshunosligida XX asrning 20-yillaridan boshlandi. 
Badiiy asar tilini o‗rganish borasidagi dastlabki ishlar I.Sulton va 
A.G‗ulom nomlari bilan bog‗liqdir.
48
Biroq tilshunosligimizda badiiy 
asar tilini sof lingvopoetik nuqtayi nazardan o‗rganish XX asrning 70-
80-yillaridan boshlandi. Bugungi kunda bu borada anchagina tadqiqotlar 
amalga oshirilgan va bu soha o‗z predmeti, maqsadi va vazifalarini 
aniqlagan, tutash sohalar orasida taraqqiy etgan sohadir.
49
46
Задорнова В.Я. Словесно-художественное произведение на разных языках как предмет 
лингвопоэтического исследования: Дис. …д-ра филол. наук. – М.: 1992.-С.59. 
47

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin