56
darajasi (tilning ko‗tarilish darajasi) belgisi fiziologik tavsif uchun asos
bo‗lib xizmat qiladi.
Undoshlar tavsifida esa undoshlarning paydo bo‗lish o‗rni belgisi
(bo‗g‗iz tovushlari, til tovushlari – til orqa, til o‗rta, til oldi tovushlari,
lab tovushlari, lab-lab, lab-tish tovushlari, tanglay va burun tovushlari)
fiziologik jihatdan tavsif asosi bo‗ladi.
Unli va undosh tovushlarni talaffuz qilishda ishtirok etadigan nutq
organlari qadimdan tilshunoslar diqqatini tortib keladi. Xususan,
bobokalonimiz qomusiy olim Ibn Sino fonetikaga bag‗ishlangan maxsus
risolasida tovushlarning fiziologik tomoni haqida batafsil ma‘lumot
beradi. Bunday aniq ma‘lumot berishida olimga inson fiziologiyasini
yaxshi bilgani katta imkoniyat yaratgan.
51
Dostları ilə paylaş: