7-mavzu: Tilshunoslik va psixologiya. Psixolingvistika
Reja:
1.Til
va
psixologiya.
Tilshunoslikning
psixologiya
bilan
munosabati.
2.Psixolingvistika. Psixolingvistikaning o‗rganish obyekti, maqsad
va vazifalari.
Tayanch so‘z va iboralar: psixologiya, hissiyot, kayfiyat, stress,
psixolingvistika, N.Pronko, ruhiyat, nutqiy faoliyat, ichki va tashqi nutq
Insonlarning ruhiy kechinmalari, hissiyotlar, insonda ro‗y
beradigan kuchli ruhiy zarbalar uning nutqiga ham ta‘sir qiladi.
Insonning ruhiy holati uning nutqiga ta‘sir etgani kabi (o‗z fikridan
chalg‗ish, adashish, gapirganda ovozning ko‗tarilishi yoki, aksincha,
duduqlanib, tutilib qolish, o‗z fikrini erkin bayon etolmaslik, tortinish,
qo‗rquv va hk), ma‘lum bir matn, gap inson ruhiyati (ruhiyatini
ko‗tarishi, tushirib yuborishi) o‗zgarishiga sabab bo‗ladi. Shuning uchun
45
xalqimizda bu xususda ―O‗ynab gapirsang ham, o‗ylab gapir‖,
―Sevdirgan ham til, Bezdirgan ham til‖, ―Til bor – bol keltiradi, til bor –
balo keltiradi‖, ―Tildan bol ham tomadi, og‗u ham‖, ―Shakar ham tilda,
zahar ham tilda‖, ―Dunyoda eng chuchuk narsa ham til, eng achchiq
narsa ham til‖, ―Til erni go‗rga solar, norni qozonga‖, ―Bir so‗z to‗rga
eltar, bir so‗z go‗rga‖, ―Bir so‗z kuldiradi, bir so‗z o‗ldiradi‖, ―O‗q
birni o‗ldiradi, so‗z – mingni‖, ―Suv toshni yoradi, so‗z – boshni‖,
―Tayoq etdan o‗tadi, so‗z – suyakdan‖, ―Oyoq yugurigi – oshga, Til
yugurigi – boshga‖, ―Ochiq til osh yedirar, achchiq til tosh yedirar‖,
―Qo‗tir qo‗ldan yuqar, balo –tildan‖, ―Uzun til boshga to‗qmoq,
bo‗yinga sirtmoq‖, ―Tili uzunning umri qisqa‖, ―Oyog‗idan qulagan
turadi, og‗zidan qulagan turmaydi‖, ―Toqqa nima deb qichqirsang,
shuni eshitasan‖, ―Achchiq savol berib, shirin javob kutma‖, ―G‗arazli
savol bersang, g‗azabli javob olasan‖, ―Yaxshi so‗z bilan ilon inidan
chiqar, yomon so‗z bilan pichoq qinidan‖, ―Yaxshi so‗z qaymoq,
yomon so‗z to‗qmoq‖ kabi ko‗plab maqollar mavjud. Bundan tashqari
inson ruhiyatini ifodalashda, tasvirlashda ham til birliklari: so‗zlar,
parameologik birliklar, o‗xshatish, metaforalar faol ishtirok etadi.
Masalan, bahor havosiday o„zgaruvchan, bezgak tutganday qaltiramoq,
yosh boladay sevinmoq, bo„zday oqarmoq, bo„taday bo„zlamoq,
vulqonday otilib chiqmoq, tilla topgan gadoyday xursand, to„rvasini
yo„qotgan gadoyday kalovlamoq, gulday so„lmoq, rangi dokaday
oqarmoq, yetim qo„ziday mo„ltiramoq, igna ustida o„tirganday bezovta
bo„lmoq, ilon chaqqandek to„lganmoq, lavlagiday qizarmoq, loyday
bo„shashmoq, mixlangandek qotib qolmoq, suvga tushgan mushukdek
shalviramoq, olovday yonmoq, sehrlangandek qotib qolmoq, ustidan
sovuq suv quygandek seskanmoq, o„tday kuymoq
42
kabi o‗xshatishlarda
insonlarning ruhiy holati ifodalangan. Mana shu jihatdan nutqiy
faoliyat, nafaqat tilshunoslikning, balki psixologiyaning ham tekshirish
obyekti hisoblanadi. Shunday ekan, psixologiya va tilshunoslikning
kesishish nuqtasi mavjud. Ikki fan oralig‗idagi kesishish nuqtasi
psixolingvistikaning o‗rganish obyekti sanaladi.
42
Маҳмудов Н., Худайберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Маънавият,
2013. - 320 б.
46
―Psixolingvistika‖ termini birinchi marta amerikalik psixolog
N.Pronko
tomonidan
1946-yilda
ilmiy
muomalaga
kiritilgan.
―
Psixolingvistika‖ psixologiya (yunon.
psyche ―ruh‖)
va lingvistika
(lotin. lingua ―til‖) so‗zlaridan hosil qilingan.
1953-yilda AQShning
Blumington shahridagi Indiana universiteti huzuridagi Lingvistika va
psixologiya qo‗mitasi tomonidan tashkil etilgan universitetlararo
seminarda psixolingvistika mustaqil fan sifatida e‘lon qilingan. Mazkur
seminar mashhur amerikalik psixologlar Charlz Osgud, Djon Kerroll
hamda tilshunos, etnograf va adabiyotshunos olim Tomas Sibeoklarning
tashabbusi bilan tashkil qilingan edi. 1954-yilda nashr qilingan
―Psixolingvistika. Nazariya va tadqiqot muammolari ocherki‖ kitobida
seminar jarayonida qabul qilingan psixolingvistikaning asosiy nazariy
masalalari, eksperimental tadqiqotlarning asosiy yo‗nalishlari belgilandi
va u qator fanlararo psixolingvistik tadqiqotlarni amalga oshirishda
muhim rol o‗ynadi. Asrimizning 50-yillarida maydonga kelgan
psixolingvistika psixologik yo‗nalishning eng yaxshi jihatlarini davom
ettirdi va uni yangi bosqichga olib chiqdi.
Hozirda bu fan mustaqil soha sifatida o‗z xususiyatlariga, maqsad
va vazifa, predmet va obyektiga ega. Psixolingvistikaning predmeti
lingvistikanikidan farq qiladi. Psixolingvistikani lisoniy belgilar
tizimining ishlash jarayoni, xususan, belgilarning yaratilish va qabul
qilinish jarayonlari qiziqtiradi. Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi
fan bo‗lib, uning obyektini u o‗rganadigan induvidual obyektlar
majmuyi tashkil qiladi. Lingvistika nutq tuzilishini til qonunlariga ko‗ra
o‗rganadi. Psixolingvistika esa nutq hosil qilish, nutqni qabul qilish,
shuningdek, ona tili va chet tilini o‗zlashtirish jarayonlariga murojaat
qiladi. Hozirgi kunda ko‗p tilshunoslar til faktlarini to‗liq tushunish
uchun lingvistika ramkasidan chiqib, individning psixik jarayonlari
doirasiga kirish lozimligini tan olishadi. Binobarin, til materiali kishi
miyasida tashkil topadi va kerak paytda chiqariladi. Bunday psixik
jarayonlar psixolingvistikaning predmeti hisoblanadi. Psixolingvistika
tilni psixikaning fenomeni sifatida o‗rganadi. Soha mutaxassislari
fikricha, so‗zlovchi va tinglovchi, yozuvchi va o‗quvchining ichki
dunyosi qanday bo‗lsa, til ham shu darajada mavjud. Shu bois,
47
psixolingvistika faqat matnlardagina saqlanib qolgan, bu matn
yaratuvchilarining psixik olamlari bo‗lmagan o‗lik tillar (masalan, eski
slavyan yoki yunon tillari)ni o‗rganish bilan shug‗ullanmaydi.
Inson tilni to‗liq egallash imkoniyatiga ega bo‗lib tug‗iladi. Biroq
bu imkoniyatni amalga oshirish kerak bo‗ladi. Buni qanday yuz berishini
tushunish uchun psixolingvistika bolalar nutqining rivojlanishini
o‗rganadi. Psixolingvistika, shuningdek, nutqiy faoliyat va uning
harakatga kelish jarayonining me‘yordan chiqib ketish sabablarini tadqiq
qiladi. Kattalar
va
bolalar nutqidagi buzilishlarni
o‗rganadi.
Psixolingvistika ba‘zan til va tafakkurni o‗rganadigan fan sifatida
belgilanadi. Psixolingvistikaning asosiy maqsadi insonning so‗zlash va
tilni tushunish qobiliyati zamirida yotgan struktura va jarayonlarni
aniqlashdir.
Psixolingvistlarning
kishilar
orasidagi
o‗zaro
til
munosabatlari bilan qiziqishlari shart emas. Ular individning ichida
kechayotgan hodisalarni tadqiq qilishga harakat qiladi.
Xullas, psixolingvistika tilni o‗rgangani uchun tilshunoslik
fanlariga, tilni alohida aspektda, xususan, psixikaning fenomeni sifatida
o‗rgangani uchun esa psixologiya fanlariga aloqador bo‗lgan kompleks
fan hisoblanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Psixolingvistika sohasining shakllanishi qaysi davrga borib
taqaladi va qaysi olimlar faoliyati bilan bog‗liq?
2. Psixolingvistika sohasining o‗rganish obyektiga nimalar kiradi?
3. Inson ruhiyatiga ta‘sir qiladigan ijobiy va salbiy buyoqdor
so‗zlarga misollar keltiring.
4. Inson ruhiyatini ifodalaydigan so‗z, ibora va o‗xshatish,
metaforalarga misollar keltiring.
Dostları ilə paylaş: |