O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


So„z turkumlarida yadro-periferiya munosabati



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
3. So„z turkumlarida yadro-periferiya munosabati. Hozirgi 
o‗zbek tilidagi so‗z turkumlari paradigmasi, uning ko‗p asrlik 
taraqqiyoti natijasi o‗laroq, shuningdek, bugungi kunda til va nutqdagi 
faolligi va tutgan o‗rniga ko‗ra markazda (yadro) ot, fe‘l va ularga 
tutash pozitsiyada tasviriy so‗zlar; undan keyingi sohada (sferada) sifat, 
son, ravish; undan keyingi sohada olmosh, keyingi sohada relyativ 
so‗zlar (ko‗makchi, bog‗lovchi, yuklama), undan keyingi sohani 
undovlar va modal so‗zlar shaklidagi lingvosferadan iborat ekanligini 
ko‗rsatish mumkin: 
-So‗z turkumlari paradigmasi tarkibidagi so‗z turkumlari, ma‘lumki, 
lingvistik tabiatiga va funksional xususiyatlariga ko‗ra bir xil emas. 
Ontogenetik qiymati, so‗z turkumlari tadriji va lisoniy ma‘noni nutqqa 
transformatsiya qilinishida tutgan o‗rniga ko‗ra ham ularni bir xil 
baholab bo‗lmaydi.
- so‗z turkumlari paradigmasi a‘zolari ichidan yadroviy turkumlarni 
ajratib olishda eng kuchli semantik, sintaktik pozitsiyalarga ega bo‗lgan 
so‗z turkumlarini – ot va fe‘lni nazarda tutish kerak bo‗ladi. Chunki bu 
so‗z turkumlari turkiy tillarda, shu jumladan, o‗zbek tilida so‗z 
turkumlari geneologiyasining asosida turadi, ularning semantikasi va 
morfologik, sintaktik hamda yasalishga ko‗ra belgilari aniq va ravshan 
va to‗kis ifodalangan; shuningdek, ism va fe‘l eng asosiy nutqiy 
komponentlar sifatida ham namoyon bo‗ladi. 
-atomistik ta‘limotning oddiy talablariga ko‗ra so‗z turkumlari 
paradigmasi sathidagi yadro birgina unsurdan iborat bo‗lishi kerak edi: 
ya‘ni ot yoki fe‘ldan. Ammo turkiy tillardagi ism-fe‘l munosabatlarining 
86
Мирзақулов Т. Ў. Ўзбек тили морфем парадигматикаси ва синтагматикаси масалалари: Филол. фан. докт. 
... дисс. авторефер. –Тошкент, 1994. –B.18-19. 


122 
alohida va o‗ziga xosligi so‗z turkumlari paradigmasi asosida ushbu ikki 
so‗z turkumlari yadroviy unsur sifatida yotishini isbotlaydi.
-boshqa so‗z turkumlari, tabiiyki, so‗z turkumlari paradigmasi 
ichida va umuman, lisoniy va nutqiy munosabatlarda ham ism va fe‘l 
kabi mavqega ega emas va shuning uchun ular periferiyada o‗rnashadi;
- periferiyadagi joylashish ham bir tekis emas, chunki, ism-fe‘lga 
xos bo‗lgan ba‘zi belgilarga ega bo‗lmagan tasviriy so‗zlar yadro 
sohasidan keyingi birinchi doiraga, sifat, son, olmosh - ikkinchi doiraga,
yordamchi so‗z turkumlari hamda undov va modal so‗zlar undan keyingi 
doiralarga joylashadilar;
- yadro (ism-fe‘l) ega bo‗lgan xossalar (mustaqil kategorial ma‘no, 
yasalish usul va qoliplari; morfologik belgilar: turlanish tuslanish; 
sintaktik vazifa) qay darajada mavjudligiga qarab so‗z turkumlari 
paradigmasi a‘zolari markazdan chekkaga qarab joylashadi (chizmaga 
qarang).

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin