Hozirgi kunda investitsiyalarning tuzilmaviy shakllanishini quyidagi turlarga ajratadilar: Texnologik tuzilma
Takror ishlab chiqarish tuzilmasi
Tarmoqlararo tuzilma
Hududiy tuzilma
Mulk shakliga ko‘ra tuzilma
Investitsiyaning texnologik tuzilmasi – bu qurilish-montaj ishlarini bajarish,
asbob-uskunalar, mashinalar va boshqa mehnat vositalarini sotib olish hamda
loyihaviy-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarning o‘zaro
foizlardagi nisbatidir. Iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘lib shunday tuzilma
hisoblanadiki, unda qurilish-montaj ishlariga harajatlarning ulushi kamayib boradi
va ishlab chiqarish asbob-uskunalariga ketadigan harajatlar qismi nisbatan tezroq
o‘sib boradi. Biroq texnologik tuzilma yaratilayotgan asosiy fondlarning xarakteri
va qurilish tarmog‘iga sezilarli darajada bog‘liq.
Hozirgi paytda iqtisodiyot rivojlanishiga kiritiluvchi kapital qo‘yilmalarning
umumiy hajmida quyidagi tuzilma vujudga keldi: qurilish-montaj ishlari xarajatlari
- 55-60%, mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar - 35-30%,
loyiha (qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar - 10%)
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasiyangi
qurilishlarga qilinayotgan xarajatlar bilan, faoliyat yuritayotgan korxonani
rekonstruksiya qilish, kegaytirish va texnik qayta qurollantirish harajatlari orasidagi
shuningdek, asosiy fondlarni eskirishi sababli chiqarilishini qoplash xarajatlari
o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni o‘zida aks ettiradi.
Bugun investitsion siyosat qayta ta’mirlashga, faoliyat yuritayotgan
korxonalarni texnik ta’mirlash va kengaytirishga ajratilayotgangan harajatlarini
ko‘paytirishga, yangi qurilishni ulushini esa qisqartirishga sezilarli burilish
qilmoqda, vaholanki, yangi qurilishlarsiz ilmiy – texnika taraqqiyotiga va
raqobatbardosh zamonaviy ko‘rinishdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish
qiyin.