Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi



Yüklə 369,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix10.04.2023
ölçüsü369,82 Kb.
#95699
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
smenada 100kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish texnologik



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TALIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
“OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARI TEXNOLOGIYASI” FAKULTETI 
“OZIQ OVQAT XAVSIZLIGI” KAFEDRASI 
“Smenada 100kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish texnologik 
liniyasini tashkil etish” mavzusidagi 
 
KURS ISHI 
Raxbar: Muxitdinova M.U. 
Bajardi: 35-11 guruh talabasi 

Abduganiyeva Zulxumor 
Toshkent-2015 


 
MUNDARIJA 
 
1. Kirish 
2. Xom ashyo va qo’shimcha materiallar tasnifi 
3. Texnologiy sxema 
4. Texnologik sxemaniong tasnifi 
5. Xom ashyo va qo’shimcha materiallar xisobi 
6. Jixoz tanlash 
7. Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 


KIRISH 
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiy 
sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida ichki bozorni 
sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va aholining iste’mol mollariga 
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash borasida salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. Buni 
go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishda ham ko‘rish mumkin. 
E’tirof etish joizki davlatimiz rahbarining 2009 yil 26 yanvardagi «Oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish 
yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’rsida»gi PQ-1047-sonli qarori 
mahsulotni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya va 
modernizatsiya qilishda dasturulamal bo‘lmoqda. Mazkur qarorning 8-bandiga 
binoan 2016 yilning 1 yanvariga qadar bo‘lgan davrda asosiy faoliyat turi bo‘yicha 
go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar hamda kichik 
korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining stavkasini 50 foizga kamaytirildi(ya’ni 
2.5 foiz qilib belgilandi). 
Buxoro shahridagi «Sulsherjahon» xususiy korxonasi go‘sht va sut 
mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Prezidentimizning yuqorida nomi 
qayd etilgan qarori bilan berilgan imtiyoz tufayli korxona ixtiyorida joriy yilning 
o‘tgan davrida yagona soliq to‘lovidan qariyib 100 million so‘mlik mablag‘lar 
qolmoqda. O‘z navbatida soliqdan ozod qilish natijasida ozod bo‘lgan mablag’lar 
hisobidan xususiy korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi 15 
foizga oshgan. Yangi 3 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi va bu 
yerda qo‘shimcha 5 ta ish o‘rini yaratildi. 


O’rni kelganda ta’kidlash joizki, Buxoro viloyatida go‘sht va sutni qayta 
ishlashga ixtisoslashgan faoliyat turini amalga oshiruvchi 19 ta tadbirkorlik 
subyektlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida 85,3 mln so‘mlik 
imtiyozlardan foydalanilgan.
Darhaqiqat yurtimizda go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan 
korxonalar uchun bunday imtiyozning joriy etilishi nafaqat go‘sht va sutni qayta 
ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar hamda kichik korxonalarning ixtiyorida 
qoladigan mablag’lar ulushining oshishiga, o‘z navbatida ushbu faoliyat turi bilan 
shug’ullanuvchi kichik biznes sohasi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish 
hajimlarining oshishiga hamda ular tomonidan tayyorlanayotgan go‘sht va sut 
mahsulotlari turlarining ko‘payishida muhim omil bo‘lmoqda. 

Yüklə 369,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin