Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi



Yüklə 369,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix10.04.2023
ölçüsü369,82 Kb.
#95699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
smenada 100kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish texnologik

Go‘sht nonlari qaynatiladigan kolbasalar tayyorlanadigan qiymalardan 
qili-nadi. SHakli bilan bu kolbasalar rishtnamo bo‘lka nonga uxshaydi. 
Tayyorlangan qiyma metall koliplarga solinadi va pechda pishiriladi. Go‘sht 
nonlari 0,5 dan to 2,5 kg gacha og‘irlikda chiqariladi. 
Go‘sht nonlari sifat jihatdan oliy, 1-va 2-sortlarga bo‘linadi. 
Oliy va 1-sortli go‘sht nonlari yukori sifatli go‘sht xomashyosi-dan, 2-sorta 
2-sort go‘sht xomashyosidan tayyorlanadi. 
Oliy sortli go‘sht nonlariga — Lyubitelskiy, Luchshiy, Moskovskiy, 
Zakaznoy, Sirniy (Pishloq-li), Krovyanoy (Konli); 1-sortga— Otdelniy, 
Vetchinniy. Mol go‘shtidan qilingan — Govyajiy; 2- sortga — CHayniy go‘sht 
nonlari kiradi. 
Liver kolbasalar cho‘chqaning kuloq, lab, bet, buyin go‘shti va jigari-dan 
tayyorlanadi. Ba’zi sortlariga buzoq go‘shti (tuxumlisiga), mol go‘sht (oddiysiga), 
kuyon go‘shti (kuyon go‘sht-lisiga) va boshqalar qo‘shiladi. Dastlab go‘sht xom 
ashyosi qaynatiladi va maydalanadi, sungra pustga tikiladi va yana qaynatiladi. 
Ba’zi sortlari 
Qaynatishdan tashkari dudlanadi ham. Liver kolbasalar oliy, 1-va 2-sortli 
qilib chiqariladi. Oliy sortli liver kolbasa-larga: tuxumli (tuxum va sut qo‘shilgan) 
liver kolbasalar, jigardan tayyorlangan liver kolbasalar kiradi. I- sortlilariga—
qaynatilgan liver kolbasalar, oddiy liver kolbasalar, dudlangan liver kolbasalar, 
kuyon go‘shtidan tayyorlangan liver kolbasalar, miyadan tayyorlangan liver 
kolbasalar; 2-sortga— cho‘chqa yog‘li liver kolbasalar kiradi. 


Pashtetlar liver kolbasalar singari qiymalardan tayyorlanadi. YUpka qilib 
maydalangan (pasta singari ezilgan) qiyma to‘g‘ri burchakli metall koliplarga 
solinadi va pishiriladi. Pashtetlar oliy, 1- va 2-sortli qilib chiqariladi. Oliy sortli 
pashtetlar yovvoyi parrandalar go‘shtidan tayyorlanadi; 1- sortlilariga — Liver 
pashtetlari va Ukrainskiy pashtetlar; 
2- sortliga — Leningradskiy pashtetlar kiradi. 
Zelslar kalla go‘shtlari va krrindan qiymani zich qilib biriktirish uchun 
kattiq, qaynatilgan bo‘lon qo‘shib tayyorlanadi. Tayyor qiyma ichak (pufak) ka 
tikiladi va qaynatiladi. 
Zelslar sifatiga qarab oliy, 1-, 2- va 3- sortlarga bo‘linadi. Oliy sortli 
zelslarga — Russkiy, Krasniy, Delikates-kiy (tansik) zelslari kiradi; .1-sortga—
Beliy, 2-sortga— Kalla go‘shtidan tayyorlangan Golovnoy krasniy; 3-sortga — 
Seriy, mol go‘shtidan tayyorlangan Govyajiy Krasniy. Korin go‘shtlaridan 
tayyorlangan zels, Assorti, Zakusochniy, korin go‘shtlaridan tayyorlangan rulet 
zelslar kiradi. 
CHala dudlangan kolbasalar qaynatilgan kolbasalardan farq, qilib, pustga 
qiyma tikilgandan sung 9—14 soat davomi-da qiymani chuktirishga qo‘yiladi, 
sungra kovuriladi, qaynatiladi, dudlanadi va bir necha kun davomida quritishga 
qo‘yiladi. Dudlash kolbasalarning ta’mini oshiradi, ularga oltin tusli jigar rang 
beradi. 
CHala dudlangan kolbasalar oliy, 1-, 2- va 3-sortlarga bo‘linadi. Oliy sortli 
chala dudlangan kolbasalarga — Poltavskaya, Krakovskaya, Kievskaya, cho‘chqa 
go‘shtidan tayyorlanadigan Svinaya domashnaya (xonaki kolbasa), Oxotnichi—
ovchilar kol-basasi, Ptichya (parranda kolbasalari — Kishinevskaya yassi 


kolbasasi, turistlar kolbasasi va goz
go‘shti kolbasasi) kiradi. 1-sortlilariga—
Ukrainskaya, mol go‘shtidan tayyorlangan Minskaya (govyajya), 1-sort qo‘y 
go‘shtidan tayyorlangan kolbasalar; 2- sortlilarga —2- sort Baranya (qo‘y 
go‘shtidan tayyorlangan kolbasalar). Semipalatinskaya, Polskaya; 3-sortlilarga 
Osobaya, kalla-pocha mahsulotlaridan tayyorlangan Subproduktovaya va 
Litovskaya kolbasalari kiradi. 
Dudlangan kolbasalar royat tuyimli kolbasa mahsulotlari xisoblanadi. Ular 
a’lo sifatli go‘sht xomashyolari-dan tayyorlanadi. Tayyorlanish usuliga ko‘ra 
dudlangan kolbasalar xomligicha dudlangan (kotirib dudlangan) va dudlab 
qaynatilgan kolbasalarga bo‘linadi. 
Xomligicha dudlangan kolbasalarni tayyorlashning afzalligi shundaki, ular 
kovurilmaydi ham va qaynatil-maydi ham, balki qiyma pustga tikilgach, usha 
zaxoti chukti-rishga (besh-etti sutka davomida) qo‘yiladi va shundan sung 18—
22°S xaroratda uch-besh sutka davomida dudlanadi. Ana shunday yul bilan 
tayyorlangan batonlar, yuronligiga qarab 12°S xaroratda 25—60 sutka davomida 
quritiladi. Bunday ish-lovlar natijasida xomligicha dudlangan kolbasalarning nami 
juda kam (25 dan to 35% gacha) bo‘ladi, shu sababli ular yaxshi saqlanadi. 
Xomligicha dudlangan kolbasalar pusti tuk jigar rang bo‘lib, tuz va organiq 
moddalardan tarkib topgan oqish zang bilan qoplangan bo‘ladi. Bu kolbasaning 
yaxshi ishlov berilganligi va a’lo sifatli ekanligidan dalolat beradi; bu zang kolbasa 
dudlangandan sung uzoq muddat quritilishi davomida xosil bo‘ladi. Quritishda 


qiyma etiladi, konsistensiyasi zich bo‘la bo-radi, yokimli ta’m paydo bo‘ladi, tuk 
qizil rangli va dud hidi kelib turadigan bo‘ladi. 
Xomligicha dudlangan kolbasalar sifat jihatdan oliy va 1- sortga bo‘linadi. 
Oliy sortlilarga Svinaya, Sovetskaya, Osobaya svinaya, Russkaya, mol go‘shtidan 
tayyorlangan Govyajya, Polskaya, Servelat, Uglichskaya, Braunshveygskaya, 
Nevskaya, Tambovskaya, Maykovskaya, Kubanskaya, Rostovskaya, Sudjuk va 
Turistskaya 
kolbasalar 
kiradi; 
1-sortlilarga—Moskovskaya, 
Ukrainskaya, 
Lyubitelskaya, Orskaya va qo‘y go‘shtidan tayyorlangan (Baranya) kolbasalar 
kiradi. 
Dudlab qaynatilgan kolbasalar xomligicha dudlangan kolbasalardan farq 
qilib, dastlab 48—72 soat davomida dudlanadi, sungra qaynatiladi va 12—24 soat 
davomida ikkinchi marta qayta dudlanadi va nixoyat, 15 sutka davomida quritiladi. 
Ularning namligi xomligicha dudlangan kolbasalarnikiga qaraganda ko‘proq (40 
dan to 68% gacha) bo‘ladi, shu sababli xomligicha dudlangan kolbasalarga 
Qaraganda saqlashga bir muncha chidamsizroqdir. Dudlab qaynatilgan kolbasalar 
ham oliy va 1-sortlarga bo‘linadi. Oliy sortga—Delikatesnaya, Moskovskaya, 
cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan Svinaya, Servilat kolbasalari va 1-sortga—
Ukrainskaya, Lyubitelskaya, Zakaznaya, qo‘y go‘shtidan tayyorlangan (Baranya) 
hamda Rostovskaya kolbasalari kiradi. 
Sotuvga qo‘yiladigan kolbasalar qo‘yidagi standart talablariga javob berishi 
lozim: batonlarning yuzasi toza, pusti shikastlanmagan, dogsiz,
shillik.siz bo‘lishi, 
qo‘ygan joyi, ku-rumi va qiyma qo‘ykasi bo‘lmasligi lozim; konsistensiyasi kat-tik 
va zich; qiymasi uvalanmaydigan va bir tekis aralashty-rilgan, me’yorida 
tuzlangan, yog‘ bo‘laklari oq rangda, mazali xushbuy; hidli bo‘lishi shart. 
Ifloslangan, shakli uzgargan, pusti yorilgan, pustining ustida qiymaning 
katta-katta qo‘ykalari bo‘lgan, singan, po‘sti shilliq va ho‘l moror bilan qoplangan, 
kul rang dogli
va kesib ko‘rilganda yog‘ bo‘lakchalari sariq bo‘lgan, yaxshi 
qaynatilmagan, yorlari eritib qo‘yilgan, dudlash vaktida koraytirib yuborilgan, 
rovak konsistensiyali kolbasalar savdoga chiqarilmaydi. 



Yüklə 369,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin