XOM ASHYO VA QO’SHIMCHA MATERIALLAR TASNIFI
Go'sht oqsilga juda boy. Uning tarkibida 14,5—23% oqsil, 2—37% yog',
0,5— 1,3% mineral mahsulotlar (fosfor, kalsiy, natriy va temir tuzlari), A, D, PP
va B guruhidagi darmondorilar bor.
Go'sht to'qimalari muskul, birlashtiruvchi suyak va yog'lardan iborat.
Muskul alohidaipsimon usti yarim tiniq qobiq bilan qoplangan (sarkolemma)
to'qimalardan, to'qimalar miozin oqsillaridan tashkil topadi. Hayvonlar muskul
to'qimasi oqsillari sifatli bo'lib, tarkibidagi aminokislotalar o'z xususiyatiga ko'ra
kishi organizmidagi muskul oqsillarinikiga o'xshashligidan tez hazm bo'ladi. Ichki,
harakati kam, suyakka yopishgan, umurtqa suyagi atrofidagi ipsimon muskul
to'qimasi tolalari ingichka va mayin bo'lib, yuqori ozuqalik ahamiyatiga, bo'yin,
qorin, muskul to'qimalariniki esa qattiqligi sababli dag'al ko'rinishga ega bo'ladi.
Birlashtiruvchi to 'qima to'liq bo'lmagan sifati past kollagen va elastik oqsillardan
tashkil topgan. Go'sht to'qimasi tarkibida kollagen va elastin qancha ko'p bo'lsa,
muskul to'qimasi shuncha qattiq bo'ladi. Bu xususiyat go'sht sifatini belgilaydi.
Yog' to'qimasi go'sht to'qimasi kataklariga to'ldirilgan yog' donachalaridan tashkil
topib, usti birlashtiruvchi to'qima bilan qoplangan bo'ladi. Yog' go'sht mazasini
yaxshilash bilan birga ularning ozuqalik qiymatini oshiradi.
Suyak to 'qimasi asosini ossein moddasi tashkil etgan tarkibi jihatdan
kollagenga yaqin bo'lgan maxsus to'qimalardan tarkib topgan. Tos suyagi va ilik
suyak chetlari g'ovak bo'lib, uni shakarli deb atashadi. Uning tarkibida qaynatmaga
xushbo'y hid, uyushqoqlik beruvchi modda bor. Xomashyo bilan ishlovchi
umumiy ovqatlanish korxonalariga go'shtlar sovutilgan yoki muzlatilgan holda mol
go'shti ikki yoki to'rtga qo'y, echki, buzoq — butun, cho'chqa go'shti butun yoki
Go‘sht tarkibida tirik organizmning hamma to‘qimalari mavjud bo‘ladi.
Bular: mushak to‘qima, suyak, yog‘, bog‘lovchi va nerv, shuningdek qon va
limfatik to‘qimalar. Ularning go‘sht tarkibidagi miqdori, hayvonning zotiga,
jinsiga, yoshiga, boquv yo‘nalishiga va boshqa bir qator faktorlarga bog‘liq.
Go‘sht sifatini baholashda asosan uning anotomik-morfologik va fizik-kimyoviy
tarkibiga qarab aniq xulosalar chiqarish mumkin. Asosiy anatomik-morfologik
go‘sht qismi – bu mushak to‘qimasi hisoblanadi. U o‘z navbatida skelet
muskulaturasini tashkil qiladi.
Mushak to‘qima – alohida tolalardan iborat bo‘lib, bog‘lovchi to‘qimalar uni
biriktirib turadi. Ular orqali nerv tolalari to‘qimalari o‘tadi. To‘qimalar esa suyak
bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Qari yoki ishchi hayvonlarning mushak
to‘qimalari dag‘al va qattiq bo‘ladi. YOsh va go‘sht uchun boqiladigan hayvonlar
mushak to‘qimalari mayin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: