Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
TA’lim vazirligi

1.2. Kasb psixologiyasi muammolari
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda 
katta diqqat etiborni talab qiladigan jarayondir. Shunday ekan, o‘qituvchi talabaning shakllanish 
jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. mustaqil O‘zbekistonni 
rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari, axloq, kasb etikasining shakllanishi va 
rivojlanishi, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik haqidagi bilim, ko‘nikma va 
malakalar rivojlanadi. 
O‘quvchilarda uning huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishi o‘zi xohlagan kasbini tanlash 
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, kasblar haqida yoshlarga keraklicha ma’lumot berish, 
ularning kelajakda o‘z kasbining mahoratli egasi bo‘lib yetishishini ta’minlashdan iborat. 
Kasbga yo‘naltirish deganda, talabalarga (shaxsga) o‘z qobiliyati, qiziqishlari, imkoniyatlari va 
ijtimoiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda ongli ravishda kasb tanlashga yordam berishdan iborat 
faoliyat tushuniladi. 
Kasbga yo‘naltirish o‘quvchi shaxsi, barkamol inson rivojlanishi, manfaatlar, qiziqishlarni 
amalga oshirish muhiti, harakatlantiruvchi mexanizmlar bilan bog‘liqdir. Kasb tanlash inson 
hayotidagi muhim qadamlardan biridir. Odatda insondan hayotimizdagi asosiy qadriyatlar nima 
deb so‘ralsa, u “sevimli insonlar” va “sevimli ishim”deb javob beradi. Shuning uchun kasb 
tanlashda adashishkechirilmas xato. Ko‘p hollarda bu xatolik inson o‘z-o‘zini yaxshi 
bilmasligidan kelib chiqadi. Ko‘ngilga yoqadigan ish topish va bu ishda muvaffaqiyat qozonish 
uchun, avvalambor o‘zining xohish va moyilligini aniqlab olish kerak, keyin shunday kasb 
tanlash kerakki uning xohish, moyilligiga mos tushishi kerak. Har qaysi insonda turli layoqat, 
temperament, yashashdan maqsadi bo‘ladi. Ba’zi birlar butun bir korxonani muvaffaqiyat bilan 
boshqaradilar, boshqalar uchun esa bitta mas’uliyatli qaror qabul qilish ham azobli kechadi. 
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bir odamga to‘g‘ri kelgan kasb ikkinchi insonga to‘g‘ri 
kelmasligi mumkin. Hayotda xohishi, qiziqishi, layoqati, qadriyatlar tizimi, mobilligi, xarakteri 
bir-biriga to‘la mos keladigan insonlar yo‘q, faqat o‘xshash insonlar bor, ya’ni ularning 
ko‘pchiligida shaxs tipi (turi) bir-biriga to‘la mos tushadi. Bu o‘xshashlik har qaysi odam uchun 
qaysi sohada muvaffaqiyat qozonish, qaysinisida esa ishlolmasligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi 
kerakligi uchun muhim shart-sharoitdir. Bugungi dolzarb muammolardan biri o‘quvchilarni 
kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik – pedagogik tashxis ishlari samaradorligini oshirish va 
maxsus ehtiyojga muhtoj bolalarning jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, kasb-hunarga to‘g‘ri va 
ongli ravishda yo‘naltirish masalalarini qamrab olgan amaliy- uslubiy yordam, yo‘naltiruvchi 
tavsiyalar berish zarur. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari butun pedagog jamoaning, mahalla 
ahlining, oilaning, barcha- barchaning ishidir. Kasblarni to‘g‘ri va ongli tanlashda pedagog va


10 
psixologlarning o‘rni ahamiyatlidir.Shu jumladan, psixologlar “Kasb tanlash motivini aniqlash”, 
”Xolland”, D.D.S., ya’ni Differensial-diagnostik so‘rovnoma, “Qiziqishlar xaritasi” kabi 
metodikalarni o‘tkazgandan so‘ng, boladagi qiziqish, moyilliklari, layoqatlari, motiv va 
qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Bolalardagi qiziqish, qobiliyat aniqlangandan so‘ng, bolani shu 
tanlagan kasbi bo‘yicha yo‘naltirish lozim, chunki boladagi bor layoqat, qobiliyat rivojlantirilsa, 
u o‘z kasbining ustasi, mahoratli kasb egasi bo‘lib yetishadi. Ingliz bioximigi S.Rouz, kishi 
qobiliyatining rivojlanishi uchun to‘siqlar biologiyaga qaraganda, sotsial sharoitda ko‘proqdir 
deb ta’kidlaydi. Ingliz psixologi D.Kidjin ham aynan shunday xulosaga kelib, tarbiyaning kishi 
intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta’siri haqida so‘z yuitiladi.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning sotsial 
sharoiti belgilaydi, deb uqtiradilar. Masalan, Gelvetsiy o‘z vaqtida, tarbiya yordamida geniy 
yaratsa bo‘ladi, degan edi. Hozirgi zamon olimlaridan amerikalik U.Eshbi, kishining qobiliyati 
yashab turgan vaqtida stixiyali ravishda o‘z-o‘zidan va ongli ravishda ta’lim-tarbiya jarayonida 
shakllanadi, shularning natijasi o‘laroq masalalarni yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va 
programmalar vujudga keladi, deb ta’kidlaydi. Ijodiy programma va zo‘r ishchanlik qobiliyati 
mavjud bo‘lsa, faoliyatda eng yuksak yutuqlarga erishiladi. 
Masalan Firmen, qobiliyat muhitga bog‘liq, deb hisoblaydi. Muvaffaqiyatli faoliyatning 
eng muhim shartlaridan biri tasvirlayotgan narsangga nisbatan muhabbatingdir, deb yozgan edi 
mashhur rassom Yu.Neprinsev. Mashhur peyzajchi, tabiat kuychisi V.V.Meshkov ham ana shu 
fikrda edi. Rassomga fidokorlik, ijod o‘tida yonish zarurdir. Agar bu o‘t kuchli bo‘lsa, rassom 
ehtirosli va hayajonlantiruvchi rasm ishlashni oxiriga yetkaza oladi, chunki asar nafaqat aql va 
o‘tkir kuzatuvchanlik bilan, balki ishga halol munosabatda bo‘lish bilan bunyod etiladi.
I.Repin rassomlikka shunchalik ehtiros bilan berilib ketgan ediki, hatto mehmonlar 
huzurida dam olayotganida ham qalami qo‘lidan tushmas edi. O‘ng qo‘li charchab qalam 
tutishga majoli kelmay qolganda u rasmni chap qo‘li bilan chizishga o‘tar edi. Ajoyib peyzajchi 
V.V.Kraynov og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan edi: oyoqlari qariyb harakatga kelmas, qo‘llari 
uchun esa mo‘yqalam ham og‘irlik qilardi, ammo u naturadan rasm chizar, mo‘yqalamni 
barmoqlari orasida zo‘rg‘a qisib turar, hatto tushib ketmasin deb uni qo‘llariga bog‘lab ham 
qo‘yar edi. V.V.Kraynov tabiatga bo‘lgan muhabbatini asarlariga ko‘chira olgan, bu esa unga 
ishlash uchun madad bergan. Berilib ketish, ishga ehtirosli munosabatda bo‘lish, faoliyatning 
sotsial mohiyatini tushunish bilan bog‘liqdir. Shuning bilan birga, tabiat va ijtimoiy hayot 
hodisalari, inson ijodiy aks ettirish faoliyatining ob’ektlari sifatida, shaxsga qanchalik kuchli 
ta’sir qilishi bilan ham bog‘liqdir. Ta’sirning va emotsional ta’sirchanlikning kuchi esa bir 
tomondan, shaxsdagi hissiyotga beriluvchanlikning o‘tkirligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, bir 
kishiga turli ob’ektlar turlicha ta’sir qiladi, lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, bir 
ob’ekt turli odamlarda kuchi va xarakteri jihatidan turlicha taassurot hosil qilishi mumkin. Oy 
chiqishini ko‘rganda ko‘pchilik odamlarning ko‘ziga yosh kelishi ehtimoldan uzoq, vaholanki, 
haqiqiy rassom Kulindji nihoyatda qattiq zavqlanar va yig‘lab yuborar edi. Mana shu konkret 
holda qobiliyatning komponentlaridan biri rassom ko‘ra bilishi va ichki yechinmalarining 
o‘tkirligi va o‘ziga xosligidan iborat bo‘lib, u emotsional ta’sirchanlikning, ob’ektga va bu 
ob’ektni badiiy ifodalashga qaratilgan faoliyatga berilib ketishning chuqurligi va kuchi bilan 
bog‘liqdir. Emotsiyalar, his-tuyg‘ular shaxs aktivligining, jumladan, ijodiyotning energiya 
manbaidir. I.P.Pavlov, emotsiyalar bosh miya qobig‘iga quvvat berib turadi, uning faoliyatini 
tetiklantiradi, deb ko‘rsatgan edi. Emotsiyalarni, o‘zi reaksiyaga kirishmay sintezga yordam 
beradigan katalizatorlarga o‘xshatsa bo‘ladi.
Akademik O.Baroyan, “Olimning muammoga nisbatan xuddi shu shaxsiy emotsional 
munosabati unga aynan boshqalar payqamagan narsalarni ko‘rish imkonini beradi”, deb yozadi. 
Ijobiy emotsiyalar qobiliyatni aktivlashtiribgina qolmay, uning ro‘yobga chiqishi uchun optimal 
sharoit yaratadi. Masalan, ilhomlanishdan iborat bo‘lgan emotsional holat hamma vaqt shaxs 
qobiliyati potensial kuchlarining aktual kuchlarga aylanishiga yordam beradi: Ilhom kelganda 
kishilar favqulodda katta ish qiladilar. Qobiliyatli kishi bilim va malakalarni, kasbni oson va 
tezda egallab olish bilan birga, u qiziqishi tufayli katta ishchanlik ko‘rsatadi, bu esa uning o‘qish 


11 
va mehnatining yanada samaraliroq bo‘lishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar tug‘diradi. Qiziqqan 
kishi hamma kuchi va vaqtini o‘zi sevgan ishiga bag‘ishlaydi. Aks holdagi faoliyat g‘ayri tabiiy 
va mantiqsiz bo‘lar edi. Ko‘pgina iste’dodli kishilar o‘z muvaffaqiyatlarini baholaganda 
mehnatsevarlik va ishchanlikni birinchi o‘ringa qo‘yganlar. Edison o‘z muvaffaqiyatlarida 
iste’dodning va mehnatning rolini baholar ekan, bunda faqat 1 foizgina geniy bo‘lsa, 99 foiz ter 
to‘kish bo‘lgan, degan edi. Tamomila ravshanki, hamma buyuk kishilar bag‘oyat 
mehnatsevarlikka va kata ishchanlikka ega bo‘lganlari holda, hatto nerv sistemalari tabiiy 
kuchsiz bo‘lsa-da sub’ektiv ravishda o‘z yutuqlarini qobiliyat emas, balki mehnatdan deb 
baholaganlar. Mehnatsevarlik ishchanlikning asosidir deyish mumkin, bundan kelib chiquvchi 
ishchanlik va zo‘r berib ishlash esa sermahsul faoliyatning asosi, ya’ni qobiliyatning namoyon 
bo‘lishi va rivojlanishi uchun zamindir. Hatto kishi asosiy hayotiy faoliyat sifatida bitta muayyan 
faoliyatni tanlab olganda ham bu faoliyatda yuksak muvaffaqiyatlarga erishishiga har tomonlama 
rivojlanganligi sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik yirik yozuvchilar, yuqorida ko‘rsatilgandek, faqat 
professional yozuvchi sifatida mashhur bo‘lganlar, lekin ular yanada aniqroq, jonliroq, yorqin 
adabiy obrazlarni yaratishga yordam beruvchi vosita sifatida rasm solishga, rassomlikka va 
muzikaga murojaat qilganlar (A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov va boshqa ko‘pgina yozuvchilar).
Masalan, Repinning musiqani tushunishi va uni ehtiros bilan sevishi, yorqin badiiy kartinalar 
yaratishida musiqiy obrazlar unga yordam bergani bizga ma’lum. Kishining har tomonlama 
rivojlangan bo‘lishi o‘z imkoniyatlarini to‘g‘riroq baholash va shunga muvofiq ravishda asosiy 
faoliyatini aniqlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari, u hamma qobiliyatlarning 
rivojlanishini ta’minlaydi, ular hammasi birgalikda hatto bitta muayyan faoliyatda bitta 
qobiliyatning mazkur faoliyatda bergan samarasiga qaraganda, haddan tashqari yuqori samara 
beradi.
Agar qobiliyat-bu shaxs xususiyatlarining “ansambli” bo‘lsa, iste’dodning oliy 
darajalari-talantlik va geniallik-odamning yuksak darajada rivojlangan qobiliyatlari “ansambli” 
bo‘ladi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi “talant” deb ataladi. Talant – insonga qaysidir 
murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkonini 
beruvchi qobiliyat, tabiiy iqtidor hamohangligidir. Talant haqida xalqning o‘zida “Xudo bergan” 
degan gap bor. O‘z navbatida tabiiy iqtidor, qobiliyat, talant hayotiy kasbiy tajriba va zo‘r 
mehnat bilan uyg‘unlashsa mahorat shakllanadi. Agar qobiliyatning yuqori darajada namoyon 
bo‘lishi “talant” deb atalsa, talantning yuqori darajada namoyon bo‘lishi buyuklikdir. Buyuklik – 
bu inson ijodiy kuchining yuksak darajada namoyon bo‘lishi. Nemis faylasufi Shopengauer bu 
haqda shunday deydi: “Hech kim tekkiza olmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan- talantdir, hech 
kim ko‘rmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan - buyukdir”. Maktab o‘quvchilari bir-birlaridan o‘z 
qobiliyatlari bilan farqlanadilar. Qobiliyat notekis rivojlanadi, rivojlanishning vaqtincha to‘xtab 
qolishi ko‘pincha jadal rivojlanish bilan almashinadi. Bu hol individuallashni, maxsus 
pedagoglik nazokatini talab qiladi. Ba’zan birovlarga oshiqcha talablar qo‘yib, qo‘shimcha 
topshiriqlar berish lozim, boshqalarga esa yordam berish kerak, toki ularning qobiliyati tezroq 
rivojlanib, bilimlar bilan yanada to‘lsin, kerakli xususiyatlari, kompensatsiyalovchi (tiklovchi) 
mexanizmlari shakllansin. Shuni esda tutish kerakki, tani sog‘, psixik jihatdan sog‘lom bolalar 
orasida qobiliyatsizlari bo‘lmaydi, balki ular orasida faqat shundaylari bo‘ladiki, ularning 
nimaga qobiliyatli ekanini biz bilmaymiz. Shu sababli bolalarni sabot bilan o‘rganish va ular 
qobiliyatini baholashga optimistik ravishda yondoshish-qobiliyat tarbiyachisining zaruriy fazilati 
bo‘lib hisoblanadi. Qobiliyat muayyan izchillikda namoyon bo‘lishi va rivojlanishini hayot 
tajribasi ko‘rsatib turibdi. Hammadan oldin musiqaviy qobiliyat ro‘yobga chiqadi, hamma buyuk 
musiqachilar 4-5 yoshidanoq muvaffaqiyat bilan kuy chalishni bilar edilar. Undan keyin 6-8 
yoshdan rassomlik qobiliyati yuzaga chiqadi. Bu yoshdagi bolalarda koloritli original rasm 
namunalari solishini kuzatish mumkin. Iste’dodli bolalarning rassomlik asarlari ko‘rgazmalarini 
o‘tkazish dunyo tajribasida keng tarqalgandir. Demak, ma’lum tabiiy imkoniyatlar mavjud 
bo‘lganda har tomonlama rivojlanganlik chinakam talant va geniallikning rivojlanishi uchun 
asosiy shart-sharoitdir. Hatto, ochiq-oydin tabiiy imkoniyatlar mavjud bo‘lmaganda ham, 
shaxsning har tomonlama rivojlangan bo‘lishi kishi qobiliyatining o‘zi tanlagan yagona 


12 
faoliyatga nisbatan yuqori darajada rivojlanishi va faoliyatda ancha yuksak ko‘rsatkichlarga 
erishishini ta’minlaydi. Biz bolalarimizni kasb tanlashiga befarq bo‘lmasdan maktab psixologi, 
rahbariyati, qolaversa sinf rahbarlari bilan tez-tez uchrashib, boladagi moyillikni, qobiliyatni 
rivojlantirishimiz lozim. Sinf rahbarlari ham har bir o‘quvchisini darslarda, tashkiliy ishlarda 
kuzatib, bolani o‘rganib, maktab psixologi va ota-onalar bilan 
hamkorlikda ish olib borishi lozim.
Maktab psixologi olingan test natijalari bilan sinf rahbarlari va o‘qituvchilarni xabardor 
qilishi va kerakli maslahatlarni berib borishi,o‘quvchilarni o‘zida bor qobiliyat va 
moyilliklaridan xabardor qilib ikkilanishlar oldini olishi lozim. Kerak bo‘lsa ota-onalarni ham 
test natijalaridan, bolalarining bor qobiliyatlaridan xabardor qilishi darkor. “Biz o‘z iste’dodli 
fidoyi bolalarimizni kasb va bilim cho‘qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz_kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlartayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni yuksak 
darajada bajarish borasida, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda kasb-hunar ta’lim 
muassasalarining ahamiyati muhim sanaladi. Bu borada Yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi 
fikrlarini ta’kidlamoqchimiz: “O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalari har – bir 
xududning o‘ziga xos, jo‘g‘rofiy, etnik xususiyat, ehtiyojlaridan kelib chiqib, tashkil etilishi 
hamda unda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota – onalari bag‘rida o‘qib, kasb – hunar 
egallashlari qolaversa, o‘sha xududning madaniy – ma’rifiy markaziga aylantirish, yoshlarni 
chinakkam barkamol kadrlar qilib tayyorlashga bo‘lgan talabdandir” deya e’tirof etganlar.Ushbu 
fikrlari orqali jamiyat va davlat rivojlanishida yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar 
qilib tayyorlash ertangi kunimiz uchun zamin yaratilishiga ishonch bildirganlar. Shunday ekan, 
bu borada kasb-hunar muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tadbirlarining 
o‘rni va ularni o‘tkazishning mazmun mohiyatiga to‘xtalmay iloji yo‘q. Kasb-hunar ta’lim 
muassasalari umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishda tadbirlarni 
tashkil etish va ularni o‘tkazib borishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarni kasblar dunyosiga olib 
kirish, tanishtirish, qiziqtirish hamda qobiliyati, moyilligi bor o‘quvchilarni ongli tarzda kasb 
tanlashlariga zamin yaratib beruvchi omil bo‘lib sanaladi. Biz shu o‘rinda kasb-hunar tanlashga 
xizmat qiluvchi tadbiriy omillarni sxematik tarzda keltirib har - biriga qisqacha to‘xtalib 
o‘tmoqchimiz:

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin