Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
TA’lim vazirligi

Tayanch layoqatlar – kasbiy hamjamiyatlar hamda undan tashqari sohaga moslashish va 
samarali faoliyat yuritish uchun zarur madaniyatlararo va tarmoqlararo bilimlar, ko‘nikmalar va 
qobiliyatlar. Shuningdek talabalarning faol faoliyat yuritish va bilimlarni o‘zlashtirishda 
loyihaviy layoqatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. Bu barcha fanlarni yaxshi 
o‘zlashtirish hamda kasbiy bilimlarni rivojlantirish vositasi hamdir. Bolaning kasbiy layoqatini 
rivojlantirish va kasbiy bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash orqali ularning kasbiy 
ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin. Ko‘nikmalarni shakllantirish ularning qiziqish, hohish, va 
bilimlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Ko‘nikma – insonning avvalgi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga 
oshirish qobiliyatidir. Uning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida hosil 
bo‘ladigan murakkab shartli reflekslardir. Ko‘nikma malaka bilan uzviy bog‘liq.
Malaka – muayyan harakatlarni doimiy ravishda bajarish natijasida malakaga ega 
bo‘lishdir. Malakali mutaxassis bo‘lib yetishishda shaxsning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini 
shakllanganlik darajasi muhim omil sifatida ahamiyatga egadir. 
Har qanday harakatning tahlil yetilgan jihatlarini tegishli tarzda uning motor (harakat), 
sensor (emotsional) va markaziy qismlari deb atash mumkin. Shunga muvofiq, ushbu 
qismlarning harakatini amalga oshirish jarayonida bajariladigan vazifalarni ijro yetish, nazorat 
qilish va boshqarib turishda foydalanadigan yo‘l-yo‘riqlar ushbu faoliyat-ning usullari deb 
ataladi. 
Kishida maqsadga muvofiq tarzda sa’y-harakatlarni ijro yetish va boshqarishning aynan shu 
tarzda avtomatlashuvi malaka deb ataladi. Malaka mashq qilish jarayonida ish-harakatlarni 
bajarishning avtomat-lashgan usullari hisoblanadi. 
Malakalar interferensatsiyasi (lotincha inter – orasida, ferens – tarqatuvchi) deb avval 
hosil qilingan malakalarning keyinchalik bosh-qa yangi malakalarning hosil bo‘lish jarayoniga 
salbiy ta’sir ko‘rsati-shi natijasida yangi malakalarning susayib qolishiga aytiladi. 
Harakatning shu tarzda qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzi-lishida ro‘y beradigan 
o‘zgarishlar quyidagilardan iboratdir: 
1) sa’y-harakatlarning ijro yetilish usullari o‘zgaradi. Bunga qadar o‘z holicha yuz berib kelgan 
qator juz’iy sa’y-harakatlar yagona ja-rayonga, tarkibga kiruvchi alohida sodda sa’y-harakatlar 



o‘rtasida to‘siqlar va uzilishlar mavjud bo‘lmagan bitta murakkab sa’y-harakat-ga qo‘shilib 
ketadi: 
a) ortiqcha va keraksiz sa’y-harakatlar bartaraf yetiladi; 
b) mujassamlashuv yuz beradi; 
2) harakatni sensor nazorat qilish usullari o‘zgaradi. Sa’y-harakat-larning bajarilishini ko‘rish 
orqali nazorat qilish mushaklar yordamida (kinistetik) nazorat bilan almashadi. Bunga tajribali 
mashinistkaning harflarga qaramasdan yozishi, malakali chilangarning uskunaning ustiga bolg‘a 
bilan urayotganda ko‘rish nazoratini ishga solmasligi misol bo‘ladi: 
a) maxsus sensor sintezlar hosil bo‘ladi; 
b) harakat natijalarini nazorat qilish uchun muhim bo‘lgan mo‘ljallarni tez farqlash va ajratish 
qobiliyati rivojlanadi; 
c) harakatni markazdan turib boshqarish usullari o‘zgartirib bori-ladi.
Diqqat harakat usullarini idrok yetishdan xoli bo‘lib, u harakatning, asosan, vaziyati va 
natijasiga qaratilgan bo‘ladi. 
Ba’zi hisob-kitoblar, yechimlar va aqliy mehnat talab qiladigan boshqa jarayonlar tez va 
birga qo‘shilgan holda amalga oshirila boshlaydi. Jumladan, haydovchi dvigatelning ortiqcha 
kuch bilan ish-layotganini uning tovushidanoq sezib, o‘ylab-netib o‘tirmasdan, uning harakatini 
qanaqa tezlikka ko‘chirish kerakligini darhol tushunib yetadi; operator asboblarning 
ko‘rsatkichlarini o‘qiboq, ularning ishla-shida ro‘y berayotgan buzilishlarni va ularni bartaraf 
yetish uchun ni-malar qilish kerakligini fahmlaydi. 
Navbatdagi sa’y-harakatlarga tayyorgarlik bundan oldingi sa’y-harakatlar amalga 
oshirilayotgan paytdayoq yuz bera boshlaydiki, natijada reaksiya uchun sarflanadigan vaqt 
keskin kamayadi. Qo‘llani-lishi lozim bo‘lgan usullarning butun boshli zanjirini yoki turlarini 
ana shu tarzda ong yordamida oldindan ko‘ra bilish antitsipatsiya deb ataladi. 
Kishi muayyan harakatni bajarishga urinib ko‘radi va uning nati-jasini nazorat qilib turadi. 
Muvaffaqiyatli sa’y-harakatlar, o‘zini oqla-gan usullar asta-sekin tanlanadi va mustahkamlanadi, 
o‘zini oqlama-ganlari yesa qo‘llanishdan chiqarilib, boshqalariga almashtiriladi. 
Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini o‘zlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda 
hamda ongli ravishda nazorat qilishga va tu-zatishga asoslangan holda ko‘p martalab takroran 
bajarish faoliyati mashq deb ataladi. 
Har qanday malaka ham kishi allaqachon yegallab olgan malakalar tizimida amal qiladi 
va tarkib topadi. Ularning biri yangi malakaning tarkib topishiga va amal qilishiga yordam bersa, 
boshqalari xalaqit beradi, uchinchi bir xili yesa uni o‘zgartiradi va hokazo. Bunday hodisa 
psixologiyada malakalarning o‘zaro ta’siri deb yuritiladi. 
Har qanday xulq-atvor yangi sharoitlarda yoki yangi obyektlarga nisbatan jarayonlarning 
ko‘chishi asosida tarkib topadi. Ko‘chish yesa shart-sharoitlar yoki narsalarning faoliyat 
maqsadlari uchun muhim bo‘lgan belgilari bo‘yicha o‘xshashligiga tayanadi. 
Bu o‘xshashlik anglanilgan va anglanilmagan bo‘lishi mumkin. Faoliyat qanchalik 
murakkab, maqsadlar qanchalik uzoqroq vaqtga mo‘ljallangan hamda ular obyektlarning 
qanchalik ko‘proq o‘zgartiri-lishini talab qiladigan bo‘lsa, muvaffaqiyatli ko‘chishni ta’minlash 
uchun zarur bo‘lgan oraliq aqliy faoliyat shunchalik keng tus oladi. Lekin har qanday holda ham, 
bunday ko‘chish ko‘nikma, ya’ni qo‘yilgan maqsadga muvofiq tarzda harakat usullarini tanlash 
va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanish deb hisoblash mumkin. 
Ko‘nikma faoliyat subyektning o‘zida mavjud bilimlar va malaka-lar bilan maqsadga 
muvofiq boshqarilishi uchun zarur psixik va ama-liy harakatlarning murakkab tizimi yegallab 
olinishini ifodalaydi. 
Ko‘nikmalarning tarkib topishi bilimlarda mujassamlashgan axbo-rotni va narsalardan 
olinadigan axborotni qayta ishlash jarayonining, ana shu axborotni aniqlash, uni harakat bilan 
taqqoslash va o‘zaro bog‘lash jarayonining butun bir tizimining yegallanishini bildiradi. 
Bu xildagi shakllantirish, ya’ni ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni turli yo‘llar bilan amalga 
oshirilishi mumkinligini qayd qilib o‘tish za-rur. Bu yo‘llarni bir-biridan farq qiluvchi ikkita 
holatga ajratish mum-kin. Birinchi holatda o‘rganayotgan kishi zarur bilimga yega bo‘ladi. 



Uning oldiga bu bilimlardan maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi qo‘yiladi hamda kishining 
o‘zi sinab ko‘rish va xatolarga yo‘l qo‘yish orqali tegishli mo‘ljal olgan, axborotni qayta ishlash 
va faoliyat usullarini topgan holda uning yechimini izlaydi. 
Garchi bu yo‘lning samaradorligi past bo‘lsa ham, bugungi kunda u ta’lim jarayonida 
yeng ko‘p qo‘llaniladigan yo‘l yekanligini qayd qilamiz. Ikkinchi yo‘l shundan iboratki, ta’lim 
berayotgan kishi tinglovchining bilimlarini qo‘llash uchun zarur bo‘lgan psixik faoliyatni 
boshqarib boradi. 
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, 
shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir yelementni jiddiy ravishda, 
alohida-alohida bajarili-shi va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin 
vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. 
Bu oddiy tilga o‘girilganda malaka hosil bo‘ladi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat 
yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga ta-yansa, 
faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffa-qiyatli bajarishni ta’minlasa, biz 
uni ko‘nikmalar deb ataymiz. Ko‘nikmalar doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. 
Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy 
urinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda 
muvaffaqiyatlarga yerishishimizni ta’minlaydi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin