4-mavzu. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja: O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. «O‘zbek modeli»



Yüklə 379,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix10.04.2023
ölçüsü379,82 Kb.
#95967
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-mavzu

bayrog‘i to‘g‘risida»gi 407-XII-sonli
Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning 2-
moddasida, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston 
Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir» deb belgilangan. 
Davlat bayrog‘i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat 
qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan 
holda respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va 
madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi. Davlat bayrog‘i – bizning 
o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir. 



O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi 
bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib 
topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
bayrog‘ining 
uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. 
Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir 
xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli 
enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. 
Bayroqdagi moviy rang-mangu osmon va musaffo suv ramzidir. 
Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang 
Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‘z bayrog‘iga bu 
rangni tanlagan. Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‘z 
yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘imizdagi oq rang 
yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil 
yo‘llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik 
ramzidir. Yashil rang – serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda 
butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning 
ramzi ham yashil rangdir. Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik 
an’analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning va 
tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda 
qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i Nyu-York shahrida 
joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren 
davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O‘zbekiston bayrog‘i xorijiy mamlakatlarda 
Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiyasini qabul qilish marosimlarida, chet el 
davlat delegatsiyalarini O‘zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko‘tariladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i doimiy ravishda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarorgohlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, respublika davlat 
boshqaruvi organlarining va boshqa ob’ektlar binosi tepasiga ilib qo‘yilgan. 
O‘zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 
shohsupaga ko‘tarilgan paytlarda ham O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi. Shu 
boisdan mamlakatimizda va jahon uzra O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘tarilishi, bir 
tomondan, davlatimiz shon-shuhratini ko‘tarsa, ikkinchi tomondan, barchamizga 
quvonch, faxrlanish, g‘urur bag‘ishlaydi. 
1992-yil 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 8 
moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 

Yüklə 379,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin