4-mavzu. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja: O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. «O‘zbek modeli»


Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar



Yüklə 379,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix10.04.2023
ölçüsü379,82 Kb.
#95967
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-mavzu

Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish – islohotlar ehtiyoji 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining barqarorligini va uzoq muddat amal 
qilishini ta’minlash maqsadida unga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish nazarda 
tutilgan. Bu jarayon tabiiy va o‘tish davriga xos hodisadir. Mamlakatimizda 
islohotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni 
yangilash jarayoni ko‘lami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmog‘i bilan 
Konstitutsiyada o‘z ifodasini topishi va huquqiy asosiga ega bo‘lishi lozim. 
Ma’lumki, 2002-yil 27-yanvarda umumxalq referendumi o‘tkazildi. 
Referendumda O‘zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5 
yildan 7 yillik qilib o‘zgartish to‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan edi. 
Referendum qarorlariga ko‘ra, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati 
tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar 2002-yil 12-dekabrda 
qabul qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli 
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun asos bo‘lib hisoblandi. 
Referendum yakunlariga ko‘ra, 2003-yil 24-aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy 
Majlisning 
XI 
sessiyasi 
«O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasiga 
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qildi. Qonunga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII (O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi), XIX (O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti), XX 


11 
(Vazirlar Mahkamasi), XXIII (Saylov tizimi) boblariga o‘zgartishlar va 
qo‘shimchalar kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan Qonuni 
bilan 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
89-moddasiga, 
93-
moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismiga 
o‘zgartirish kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 18-aprelda qabul qilgan Qonuni 
bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-
moddalariga 
o‘zgartirish 
va 
qo‘shimchalar 
kiritilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2011-yil 12-dekabrda qabul qilgan Qonuni bilan O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga (O‘zbekiston 
Respublikasida Prezidentni besh-yil muddatga saylash) tuzatish kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan qonuni 
bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78, 93, 98, 103 va 117-
moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan Qonuni 
bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 
111-moddalariga 
o‘zgartishlar 
va 
qo‘shimcha 
kiritilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2017-yil 31-mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar 
kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan 
Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga 
o‘zgartishlar kiritilgan. 
Konstitutsiyamizda belgilab berilgan qoida va tamoyillar negizida 
mamlakatimizda samarali milliy qonunchilik tizimi, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, hayotimizning 
barcha soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani
davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalib, 
xalqimizning onggu tafakkuri tobora o‘sib borayotgani, ayniqsa, ahamiyatlidir. Bu 
fikrlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 20-
iyunda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 

Yüklə 379,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin