Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Kreativ pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Kreativ pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari 
Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish 
maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g'oyasi, mazmuni, natijalari 
hisobiga ta'minlanadi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, 
unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish 
tamoyillari, ob'ekti va sub'ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning 
ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. 
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, izchillik, uzluksizlik, 
tizimlilik va aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega jarayon. 
Zamonaviy sharoitda “Kreativ pedagogika” tomonidan kreativ shaxsni 
kasbiy shaklantirish va rivojlantirish yo'lida quyidagi pedagogik ilmiy-tadqiqot 
metodlardan foydalanilmoqda. Quyida mazkur metodlarning mohiyati to'g'risida 
qisqacha so'z yuritiladi. 
1.Suhbat metodi pedagogik kuzatish chog'ida talabaning kreativlikka 
oid bilimlarini boyitish, vaziyatga to'g'ri baho berish, muammoning yechimini 
topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov 
ishlari sub'ektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam 
beradi.
Suhbatning samarali kechishini ta'minlovchi shartlar: 
maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi 
savollarning 
mazmuni 
aniqlash, 
savollar 
o'rtasidagi 
mantiqiylik va izchillikni ta'minlash; 
suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash
suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish; 
suhbatdosh to'g'risida avvaldan muayyan ma'lumotlarga ega 
bo'lish; 
5) suhbatdosh bilan 
samimiy munosabatda bo'lish; 
6) suhbatdoshning o'z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi 
uchun sharoit yaratish;
7)savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 
8) olingan ma'lumotlarni o'z vaqtida tahlil qilish. 


38 
Suhbat indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi. Suhbat 
jarayonida talabalarning kreativlik imkoniyatlari to'la namoyon bo'lishiga 
erishish muhim. 
2.Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni 
qo'llashdan ko'zlangan maqsad tanlangan shaxs tomonidan kreativlik sifatlari, 
imkoniyatlari va malakalarining o'zlashtirish darajasini aniqlashdan iborat bo'lib, 
pedagog tomonidan ilgari surayotgan g'oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini 
asoslashga xizmat qiladi. 
3.Pedagogik-psixologik tashxis metodlari. Bu kabi metodlar shaxsning 
kreativlik sifatlari va ijodiy faoliyatni tashkil etish ko'nikmalariga egaligini 
tashxislash hamda baholashga xizmat qiladi. Zamonaviy sharoitda shaxsning 
kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyatni tashkil etish ko'nikmalariga egaligini 
tashxislashda o'nlab metodlar qo'llanilmoqda.
Ular orasida bir guruh metodlar amaliy jihatdan samarali bo'lib, ular 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarda keng qo'llanilmoqda. Gauenaning “Zahiraviy 
model”, Slosson testi, Vekslerov shkalasi. Vekslerov shkalasi (“WPPSI” testi), 
boshlang'ich maktablar uchun mo'ljallangan Stanford testi hamda Torrens 
testlari (jumladan, “Tugallanmagan rasmlar” testi) shular jumlasidandir. 
4.Pedagogik tajriba (lot. “eksperiment” – “tajriba qilib ko'rish”) 
metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o'rganish, mavjud 
pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan 
tavsiyalarning amaliyotda o'z in'ikosiga ega bo'la olishi va ularning 
samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning 
quyidagi turlari mavjud. 


39 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin