40
Metod tizimli savollar asosida respondentlar
bilan muloqotni tashkil
etishga asoslanadi.
Ta'lim jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketalar quyidagicha
bo'ladi:
1) ochiq savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan
savollar)ga ega;
2) yopiq savollar (“ha”, yo'q”, “ijobiy”, “salbiy” va h.k.)
tarzdagi javob
variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar)ga ega anketalar.
Anketa metodini qo'llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur.
Pedagogik kuzatish metodida o'quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish
asosida tadqiq etilayotgan muammo aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo'lga
kiritilgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi farq tahlil qilinadi. PK murakkab va o'ziga
xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli
amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo'lga kiritish mumkin.
Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta'lim-tarbya sifatini oshirish,
shaxsda kreativlik sifatlarini shakllantirishga xizmat qilsa,
mazkur metodning
ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kvalimetriya ta'lim sifatini nazorat qiish va samarali boshqarish
maqsadida qo'llaniladi. Bunda turli darajadagi testlar, muammoli vaziyatlarni hal
qilish (keyslarni yechish) asosida shaxsning kreativlik sifatlari va ijodiy
faoliyatni tashkil eta olish ko'nikmalariga egaligi, ularning darajasi o'rganiladi
hamda baholanadi.
Talabalar ijodini o'rganish metodi talabalarning muayyan yo'nalishlardagi
layoqati, qobiliyati, ma'lum fan sohalari bo'yicha bilim ko`nikma
va malaka
Dostları ilə paylaş: