Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari 
Aytib o'tilganidek, barcha shaxslarda bo'lgani kabi pedagoglar ham 
kreativlik sifatlari o'z-o'zidan rivojlanmaydi. Shunga ko'ra tadqiqotlarda shaxs 
(jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning 
bir qator yo'llari yoritiladi. Patti Drepeau tomonidan ham shaxs (jumladan, 


69 
pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning to'rta yo'li 
ko'rsatilgan: 
1-yo'l: kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg'u 
kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish asosiy e'tibor markazida bo'lib, 
talabalar fe'llar yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini 
ifodalashga yo'naltiriladi. Xususan, o'qituvchilar kreativ fikrlash ko'nikmasini 
samarali shakllantirish maqsadida talabalarga ularni fikrlashga undovchi 
savollar tarkibida zarur fe'llarning bo'lishiga e'tibor qaratiladi. Bu holat misollar 
bilan tushuntirilsa, talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi o'rtasidagi 
bog'liqlikni ta'riflab bering” mazmunidagi nazorat savoli ularda kreativlikni 
shakllantirmaydi. Zero, savol tarkibidagi “ta'riflab bering” tushunchasi o'z 
mohiyatiga ko'ra “mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o'ting” deyish bilan 
teng. 
Nazorat savollarini berishda talabalarni fikrlashga undovchi so'z 
(fe'l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli 
shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo'liga ko'ra pedagoglar 
turli, antiqa, noan'anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so'z 
(fe'l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. M: “bog'liqlikni toping”, 
“yarating”, “bashorat qiling”, “fikrni mantiqan bayon eting”, “tasavvur qiling” 
kabi so'z (fe'l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi. 
Agarda pedagog talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi o'rtasidagi 
bog'liqlikni ta'riflab berish”ni talab qilish o'rniga, “yurak va qon aylanish tizimi 
o'rtasidagi bog'liqlikning barcha turlarini keltirish”ni so'rashi lozim. Natijada 
talabalar ham mavjud bilimlarni umumlashtirish, ham yangi fikr va g'oyalarni 
ilgari surish imkoniyatiga ega bo'ladi. 
Pedagoglar birinchi yo'lni qo'llash – talabalarda kreativlik ko'nikmasini 
shakllantirishda yosh o'qituvchilarning “Kreativlik xaritasi”dan foydalanishlari 
maqsadga muvofiqdir. 


70 
2-yo'l: amaliy kreativ harakat ko'nikmalarini rivojlantirish. 
Pedagoglar talabalarda kreativ harakat ko'nikmalarini shakllantirish va 
rivojlantirishda ko'rsatmali metod va usullardan foydalanadi. Bu o'rinda 
savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, biroq, 
talabalara interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi. 
3-yo'l: kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish. Mazkur yo'l talabalarni 
muammoni yechish va innovatsion g'oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, 
ijodiy fikrlashga urg'u beradi.
Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qo'llanilmasa-da, kreativ 
fikrlash yuz beradi. M: “Yurak va qon aylanishi tizimi o'rtasidagi bog'liqlikni 
topish”. Topshiriqni bajarar ekan, talabalar odamning qon aylanishi tizimi bilan
bog'liq turli muammolarni tahlil qiladi. Natijada ushbu jarayonda ko'p 
tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ro'y beradi. 
4-yo'l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. Bu yo'lni tutishda 
pedagog talabalarga “Odamning qon aylanish tizimi” mavzusida Power Point 
dasturi yoki mul`timediya yordamida taqdimotni yaratish topshirig'ini berishi 
mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida talabalarda kreativ fikrlash 
ko'nikmalari faol rivojlanadi. 
Talabalar o'zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to'la 
namoyon qilishlari mumkin. Agar talabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash 
qo'rquv hissi mavjud bo'lsa, fikrni noto'g'ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga 
uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko'nikmalarini samarali 
shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo'lmaydi.
Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va 
kreativ fikrlash ko'nikmalarini baholashda qo'llaniladigan metod va vositalar
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kreativ xarakterga ega muhitdagina talabalar o'rganayotgan mavzuning 
mazmuni, o'quv axborotlar o'rtasidagi o'zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega 
bo'ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi. M: Talabalar “Immigratsiya 


71 
hodisasining mohiyati”ni “Aqliy hujum” strategiyasi asosida o'rganish 
jarayonda, eng avvalo, strategiyaning o'zi nimaligini, uni qanday qo'llash 
zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo'lishlari lozim. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin