1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


Aholi turmush darajasi sifatini oshirish



Yüklə 415,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix12.04.2023
ölçüsü415,88 Kb.
#96751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-мавзу (2)

Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Ko’pchilik mutaxassislar marketing 
tizimining asosiy maqsadi aholi "turmush darajasining sifati"ni yaxshilashdan iborat deb 
biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1) tovarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi; 
2) mehnatga haq to’lash darajasi; 
3) madaniy muhitning sifati va boshqalar. 
Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishining 
ob'ektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, marketing eng avvalo 
tovarlar to’planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu 
inqirozdan chiqarish quroli sifatida ixtiro qilingan, yaratilgan ekan. Uning maqsadi nihoyatda 
keng va murakkab masalalarni hal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga 
moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, 


tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing qo’yidagi muhim 
vazifalarni hal etmog’i lozim:

xaridorlar (istemolchilar) ehtiyojini o’rganish va aniqlash; 

tovarlarga bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish; 

korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 

avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma'lumotlar asosida bozorni o’rganish; 

tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini ortirish;

tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma'lumotlar 
to’plash va tahlil qilish; 

tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma'lumotlar olish; 

to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar yig’ish; 

tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab 
chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday 
darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga 
erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi - mavjud bozor segmentini 
mustaqkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing 
tizimida reklamaning asosiy xususiyati - uzluksiz ta'sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga 
xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham 
egadir. 

Yüklə 415,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin