1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


 Marketing kontseptsiyalari va ularning evolyutsiyasi



Yüklə 415,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix12.04.2023
ölçüsü415,88 Kb.
#96751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-мавзу (2)

1.3. Marketing kontseptsiyalari va ularning evolyutsiyasi 
Marketing kontseptsiyalari tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining har xil bosqichlarida 
uning yo’nalishini belgilaydigan qarashlar tizimidan iboratdir. Shu bilan birga marketing 
kontseptsiyasi deganda korxonaning, tashkilotning yoki kishining iste'molchilarga mo’ljallangan, 
integratsiyalangan maqsadli falsafasi tushuniladi. 
Marketing evolyutsiyasining birinchi yirik bosqichini XX asrning boshidan 30-yillarning 
o’rtasigacha deb hisoblash qabul qilingan. Bunda marketing tashkilotlar, korxonalar va shaxslar 
o’rtasidagi tovar va xizmatlar harakatining nazariyasi yoki mahsulotni sotish bo’yicha 
korxonaning funktsiyasi deb tushunilardi. Shu vaqtda ketma-ket ikkita kontseptsiya paydo 
bo’ldi: ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovarni takomillashtirish. 
Ishlab chiqarishni takomillashtirish kontseptsiyasi o’z harakatini mahsulot ishlab 
chiqarish samaradorligiga, mahsulot birligining tannarxini pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish 
texnologik jarayonlarning optimallashuviga qaratadi. Boshqa so’z bilan aytganda, keng tarqalgan 
va narx jihatidan qulay bo’lgan tovarlarga nisbatan marhamatli bo’ladilar. Shunga ko’ra bu 
kontseptsiya e'tiborining asosiy ob'ekti qilib ishlab chiqarishni takomillashtirish va taqsimot 
tizimining samaradorligani tanladi. Maqsadga erishishning etakchi vositalari sifatida ishlab 
chiqarish miqyoslarini kengaytirish va mahsulot tannarxini kamaytirish tavsiya etilardi. 
Tovarni takomillashtirish kontseptsiyasi mahsulotning iste'molchilik xususiyatlarini 
oshirishga alohida ahamiyat beradi. Bunda asosiy tezis sifatida iste'molchilar eng yuqori sifatli, 
eng yaxshi ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo’lgan tovarga nisbatan xayrixoh bo’ladilar, degan 
tushunchani ilgari suradilar. Asosiy diqqat e'tibor tovarga qaratiladi, shuning uchun ham 
marketing harakatlari tovar sifatiga, aniqrog’i uning modernizatsiyasiga qaratildi. 
30-yillarning o’rtalaridan 80-yillarning o’rtalarigacha marketing rivojlanishining ikkinchi 
bosqichi davri bo’ldi. Bu davrda e'tibor sotishga, so’ngra esa iste'molchiga qaratiladi (tijorat 
harakatlarini jadallashtirish kontseptsiyasi, marketingning umumiy kontseptsiyasi, marketing-
miks). 

Yüklə 415,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin