1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari



Yüklə 415,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix12.04.2023
ölçüsü415,88 Kb.
#96751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-мавзу (2)

Tijorat 
harakatlarini 
jadallashtirish 
kontseptsiyasi 
sotish 
va 
sotilishlarni 
rag’batlantirish sohasida etarli harakatlarni amalga oshirmasa, iste'molchilar firmaning 
tovarlarini kerakli miqdorda sotib olmaydilar, deb hisoblaydi. Firmaning asosiy maqsadi - 
sotilishlar hajmining o’sishi hisobiga foyda olish. E'tiborining asosiy maqsadi - sotish va xizmat 
ko’rsatish texnologiyasi va sotishni rag’batlantirish bo’yicha tijorat jarayonlarini jadallashtirish. 
Vaqt o’tishi bilan marketing mohiyati tovar va narx siyosati, taqsimlash, siljitish va sotish 
jarayonlarining majmui sifatida tobora ko’proq tushunilib boryapti. "Marketing aralashmasi" deb 
tarjima qilingan maxsus "marketing-miks" atamasi kiritilyapti. Keyingi umumiy marketing 
kontseptsiyasi marketing-miks kontseptsiyasiga aylanadi, asosiy e'tibor iste'molchilar 
ehtiyojlariga va ularning samarali qondirilishiga qaratiladi. Endi yakuniy natijaga erishish, ya'ni 
foyda olish, tovar va boshqa bir qator omillar va marketing harakatlari vositasida (marketing-
miks) iste'molchilar ehtiyojlarini qondirishga uzviy bog’lanib qoldi. 
Marketing rivojlanishining uchinchi eng sifatli bosqichi taxminan 80-yillarning 
o’rtalarida boshlandi va hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Bu erda strategik, ijtimoiy 
yo’naltirilgan, individual marketing, marketing munosabatlari, katta ijtimoiy guruhlar marketingi 
- mezo - va mega-marketinglar kontseptsiyalari hukmronlik qiladi. Iste'molchilar dunyoning 
yagona markazi bo’lmay qoladi. Bunda uchta omilning muvozanati vujudga keladi: firmaning 
foydasi, xaridorlarning ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari. 


Strategik marketing kontseptsiyasi asosida iste'molchilar va raqobatchilarga 
yo’naltirilganlik yotadi. Strategik marketing mazmuni iste'molchilar ehtiyojlarini qondirish va 
bir vaqtning o’zida yaxshiroq iste'mol xususiyatlariga ega bo’lgan tovarni yaratish yoki pastroq 
narx qo’yish orqali raqobatchilarga nisbatan ustunlikka erishishdan iborat. Raqobatchilarga 
yo’naltirilganlik iste'molchilarga yo’naltirilganlikka zid bo’lmaydi. Aksincha, uni kuchaytiradi
chunki korxonalar shunday sharoitga qo’yilganki, bozor ehtiyojlarini qondirish ishlab chiqarish, 
xarajatlar va boshqa sohalardagi hamma yutuqlarni maksimal hisobga olishni talab qiladi. 
Hozirgi vaqtda jamiyat tomonidan hal etilayotgan yirik iqtisodiy, xom ashyoviy, 
energetik va boshqa muammolar jamiyat ehtiyojlarini va iqtisodiy resurslarga yo’naltirilganlikni 
kuchaytirib, marketingning iste'molchilik kontseptsiyasini ancha o’zgartirib yubordi. 

Yüklə 415,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin