147
bo‘yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat,
mintaqaviy, sohaviy,
alohida
korxonaniqiga bo‘linishlari mumkin.
Takrorlaymizki, innovatsion loyihani turkumlashtirishning chuqurligi,
loyihalashtirishda hisobga olinadigan ilmiy yondashishlar va tamoyillar,
qo‘llaniladigan menejment usullari miqdori loyihaning bosh menejeri (loyiha
menejeri) va ITK a’zolari tomonidan
muammoning murakkabligi, loyihaning
qiymati va innovatsion tashkilot tashqi va ichki omillari holatiga muvofiq
belgilanadi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan
yakunlanadi. “Loyiha hujjatlari” ning yagona tarkibi hali belgilanmagan va har bir
aniq holda uning tarkibi dastlabki (texnik iqtisodiy) vazifada belgilanadi.
Har qanday darajadagi innovatsion loyiha quyidagi bo‘linmalarni o‘z
ichiga
olishi kerak:
muammo (g‘oya)ning mazmuni va dolzarbligi;
loyiha rahbarining rezyumesi;
marketing tadqiqotlari va muammoni turkumlashtirish asosida qurilgan loyiha
maqsadlari daraxti;
loyiha maqsadlari daraxtini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar tizimi;
loyihani majmuaviy asoslanishi;
loyihani amalga oshirilishini majmuaviy ta’minlanishi;
ITK ning ta’rifi;
loyihaning ekspert xulosasi;
loyihani amalga oshirish mexanizmi va undovchi sabablar tizimi.
Xulosa
Innovatsiya so‘zining ma’nosi ingliz tilidagi “INNOVATION” so‘zidan
olingan bo‘lib yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi. Bu yangilik zamirida
yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim.
148
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida amalga
oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi
bo‘yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida
korxonaniqiga bo‘linishlari мумкин.
Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning 3 asosiy bosqichlari bo’lib
ular
investitsiya g‘oyasining shakllaishi,investitsiyaimkoniyatlarini tadqiqot qilish,
loyiha TI asoslashni o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: