- tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil
rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza
mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli
darajada oshirish;
- paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan erlarga kartoshka,
sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va
uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
- fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir
qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan
shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat
hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik
asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini
rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va
boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;
- sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va
irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga
intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni
joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish;
- kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga
moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori
mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-
tadqiqot ishlarini kengaytirish;
- global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi
hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar
ko‘rish belgilangan.
Dostları ilə paylaş: