Microsoft Word Economic theory lecture 13


 Agrobiznes va uning turlari



Yüklə 151,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix13.04.2023
ölçüsü151,19 Kb.
#97161
1   2   3   4   5   6
iqtisodiy nazariya 10 mavzu

13.4. Agrobiznes va uning turlari. 
Qishloq xo‘jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes 
tushunchasiga bevosita qishloq xo‘jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u bilan bog‘liq bo‘lgan 
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo‘jaligiga texnikaviy, 
ta’mirlash xizmatini ko‘rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib 
berish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes 
agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha 
bo‘g‘inlarni qamrab oladi. 
Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko‘rishdan iborat. 
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo‘g‘ini fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. 
Chunki ular bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‘jaliklar o‘z yerida 
yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o‘zi va 
oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishi ham mumkin. Fermer 
xo‘jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo‘shiladi, bu esa ishlab 
chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Fermer xo‘jaliklari mustaqil tuzilma ekanligi 
sababli o‘z faoliyatini bozor kon’yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va 
yakuniy natija uchun mas’uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi.


Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Agrofirma ma’lum turdagi qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yetishtirish va uni yakuniy tovar darajasigacha qayta ishlashni qo‘shib olib 
boradigan korxonadir. 
Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi vasanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyor 
bo‘lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, oilaviy 
xo‘jalik asosida ham tashkil topib, kichik korxonalar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat 
birlashmalari va korxonalari agrobiznesning yangi turlaridir. 
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‘liq ishlab 
chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xo‘jalik hamda korxonalarning 
birlashmasidir. Ya’ni, bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar, ular 
mahsulotini qayta ishlovchi korxonalar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir 
texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma 
ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan 
birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi. 
Agrosanoat korxonalari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va 
iste’molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo‘jalik va 
korxonalarning ma’lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko‘ngilli va paychilik 
mablag‘lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushmalarni ham kiritish mumkin. 
Qishloq xo‘jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo‘jaliklari va shirkatlari, turli xil 
mulkchilik asosida tashkil qilingan qo‘shma korxonalar ham agrobiznes turi sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi. 
Shu sababli respublikamizda qishloq xo‘jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zarar ko‘rib ishlash natijasida og‘ir 
ahvolga tushib qolgan davlat xo‘jaliklarining tarkibi fermer xo‘jaliklaridan iborat shirkatlar 
uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo‘jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan 
fermer xo‘jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon 
xo‘jaliklarini tarkib toptirish yo‘li bilan boradi. Fermer xo‘jaligining barcha tashkiliy 
shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko‘rsatadi. 
Fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
«Fermer 
xo‘jaligi 
to‘g‘risida»gi, 
«Dehqon 
xo‘jaligi 
to‘g‘risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi qonunlarga 
hamda qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga 
va hukumat qarorlariga asoslanadi. 
Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan 
uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo‘yildi. Shu bilan, birga bu xo‘jalik uchun 
yerlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yo‘li bilan 
ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi. Shunday qilib fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni 
rag‘batlantirish uchun huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi.
Respublikada fermer xo‘jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko‘rsatuvchi 
infratuzilma-agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta’mirlash ustaxonalari, tayyorlov 
punktlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi. 
Shu vazifani bajarish yo‘lida keyingi yillarda ham qishloq ijtimoiy infratuzilmasini 
rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini 
amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida»gi Farmonining 3.3.-bandida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal 
rivojlantirish asosida: 


- tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil 
rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza 
mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli 
darajada oshirish; 
- paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan erlarga kartoshka, 
sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va 
uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish; 
- fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir 
qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan 
shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratish; 
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat 
hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik 
asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini 
rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va 
boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;
- sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va 
irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga 
intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni 
joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish; 
- kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga 
moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori 
mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-
tadqiqot ishlarini kengaytirish; 
- global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi 
hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar 
ko‘rish belgilangan. 

Yüklə 151,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin