Microsoft Word Economic theory lecture 13


 Agrosanoat majmuasi va uning sohalari



Yüklə 151,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.04.2023
ölçüsü151,19 Kb.
#97161
1   2   3   4   5   6
iqtisodiy nazariya 10 mavzu

13.3. Agrosanoat majmuasi va uning sohalari. 
Iqtisodiy rivojlanish jarayonida qishloq xo‘jaligi hamma vaqt sanoat, savdo va boshqa 
tarmoqlar bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib kelganligini hisobga olish kerak. Chunki 
mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo‘jalik xom-ashyosidan tayyorlangan 


tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo‘jaligining holatiga emas, balki sanoat 
tarmoqlari bilan uyg‘un rivojlanishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Xuddi ana shu holat iqtisodiyot 
tarkibida agrosanoat majmuasini bitta pirovard natijani ro‘yobga chiqarishga bo‘ysundirilgan 
tarmoqlarning yagona, yaxlit tizimini keltirib chiqarish uchun asos bo‘ladi. 
Agrosanoat integratsiyasi-qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni 
iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining 
rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. 
Agrosanoat integratsiyasi ko‘p qirrali bo‘lib, u g‘oyat xilma-xil shakllarda namoyon 
bo‘ladi. Bular eng avvalo ana shu jarayon qaysi darajada, ya’ni butun mamlakat ko‘lamida, 
viloyat doirasi yoki korxona darajasida yuz berishiga bog‘liq. 
Butun mamlakat va mintaqalar ko‘lamida agrosanoat integratsiyasi qishloq xo‘jaligining 
tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, oziq-ovqat va mintaqa agrosanoat integratsiyalari tashkil 
bo‘lishi va rivojlanishida ifodalanadi. 
Agrosanoat majmuasi (ASM)-bu qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash
qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot 
tarmoqlaridir. ASM to‘rtta sohani o‘z ichiga oladi. Birinchi soha-qishloq xo‘jaligiga ishlab 
chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishiga texnika xizmati ko‘rsatish bilan band bo‘lgan tarmoqlar; ikkinchi soha-qishloq 
xo‘jaligi; uchinchi soha-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berishni 
ta’minlaydigan tarmoqlar: tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish; to‘rtinchi soha-
insonlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infratuzilma: yo‘l-
transport xo‘jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va shisha 
xo‘jaligidan iborat.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan tarmoqlarni, 
ijtimoiy infratuzilma insonlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan 
sohalarni: uy-joy, madaniy-maishiy xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va h.z.larni o‘z ichiga 
oladi. 

Yüklə 151,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin