va ish haqining hisobi hamda moliyaviy hisoblash operatsiyalarini birlashtiradi.
Moddiy boyliklar hisobi tayyorlash mahsulotlarining hisobi va boshqalar bo`yicha
vazifalar majmuasida ham xuddi shunga o`xshash misollarni keltirish mumkin.
2. Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar
Omborchining dasturiy moduli ombor kartotekasini olib borilishini:
hisobchining ma’lumotli qismida moddiy boyliklar harakati bo`yicha hujjatlarni
buxgalteriya hisobi to`ldirilishini, materiallarning harakati bo`yicha
operatsiyalar
nazoratini, materiallar harakati miqdoriy va summasi aks ettirilishi hisobini,
moliyaviy hisoblashlarni ta’minlaydi. Moddiy-texnik ta’minot iqtisodchisi moddiy
boyliklarning harakati bo`yicha hujjatlarni shakllantirishni olib boradi.
Savdo tashkilotlari uchun dasturiy mahsulotlar buxgalteriya hisobini
marketing operatsiyalari majmuida ko`p vazifaviy ishlab chiqilishini ko`zda tutadi.
Masalan, «ombor» moduli ombordagi tovarlar harakatini olib borishga, xaridlar
kitobini
tuzishga,
schyotlarni
yozib
borishga
provodkalarni
avtomatik
shakllantirish va
ularni hisobchiga topshirishga, narx varaqalarni avtomatik
shakllantirishga, do`konning savdo zalida o`rnatilgan kassa apparatlari bilan
hamkorlikda ishlashni ta’minlashga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab
ichki va
tashqi aloqalarga ega.
Ichki aloqalar buxgalteriya
hisobining ayrim vazifalari, majmualari va
uchastkalarining
axborotli
o`zaro
hamkorliklarini;
tashqi
aloqalar
—
boshqaruvning o`zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo`linmalari hamda
tashqi tashkilotlar bilan o`zaro hamkorligini aks ettiradi.
Hisob vazifalari majmualarining o`zaro bog`lanishi buxgalteriya hisobi
uslubiyotining o`ziga, schyotlarni olib borish va provodkalarni bajarish tizimiga
kiritilgan, bu yerda har bir xo`jalik operatsiyasi ikki marta:
bittasi schyotning
kreditida va boshqasi debetida aks ettiriladi. Hisob vazifalari majmuasining
axborotli aloqasi mashina dasturining asosiga kiritilgan ishlab chiqarishning uch
pallasini farqlashga imkon beradi.
Birinchi pallada birlamchi hisob, birlamchi
hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqarish va hisobning har bir uchastkasi bo`yicha
tahliliy hisobning qaydnomalari tuzilishi bajariladi (masalan,
ish haqi hisobi
bo`yicha hisoblash to`lov hujjatlari, qo`shib hisoblangan va ushlab qolingan ish
haqining to`plamlari va boshqalar tuziladi). Qayta o`zgartirishning barcha
operatsiyalari hisobning aniq uchastkasining ADP yoki buxgalteriya hisobining
yagona moduliga qurilgan moduli asosida bajariladi.
Ishlab
chiqishning ikkinchi pallasi provodkalarni tuzish, ularni tahliliy va
sintetik hisobning turli registrlari, schyotlarning tartib raqamlari bo`yicha qayd
daftari ordenlariga joylashtirishdan iborat bo`ladi. Kompyuterli ishlab chiqish har
bir uchastka yechimini tugashi bo`yicha
provodkani shakllantirib, bu jarayonlarni
to`liq avtomatlashtirishga imkon beradi.
Ishlab chiqishning
uchinchi pallasi yig`ma sintetik hisobni: asosiy kitobning
schyotlari bo`yicha hisobot saldo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning
shakllarini tuzishdan iborat bo`ladi, bu «Provodka-Asosiy kitob-Balans»
mashina
dasturining asosiy moduli tomonidan ta’minlanadi.
Buxgalteriya hisobi vazifasini yechishning dasturiy ta’minlanishi ishlab
chiqarishning ko`rib chiqilgan pallalarining hisob vazifalarini integratsiyalash
hamda tashqi aloqalarning mavjudligini hisobga olish bilan ko`riladi.
2-rasmda
kichik
va
o`rta
korxonalarda
buxgalteriya
hisobini
avtomatlashtirishning dasturiy majmuasini tarkibiy tuzilishi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: