Mavzu: buxgalteriya axborot tizimlari reja


 AAT korxonalar buxgalteriyasini yuritishda ma’lumotlar bazasining



Yüklə 251,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix13.04.2023
ölçüsü251,88 Kb.
#97262
1   2   3   4   5   6
Mavzu buxgalteriya axborot tizimlari reja

 
4. AAT korxonalar buxgalteriyasini yuritishda ma’lumotlar bazasining 
tarkibi 
Buxgalteriya vazifalarining axborot ta’minlanishi, mashina manbalarida 
joylashgan ma’lumotlar majmuasini (o`zaro bog`langan fayllarni) ham o`z ichiga 
oladi. 
Iqtisodiy 
vazifalarni 
ishlab 
chiqarishning 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari AIJ va hisoblash tarmog`i va yakka tartibdagi loyihalar har xil 
konfiguratsiyasida: markazlashgan, taqsimlangan, mahalliy ma’lumotlar bazasini 
tashkil qilishga mo`ljallangan. 
Bunda korxona va tashkilotlar uchun umumiy bo`lgan bazali massivlar 
(ishlovchilar, materiallar, ma’lumotnomaviy ma’lumotlar, bo`linmalar, lavozimlar) 
hamda faqat buxgalteriya vazifalarini yechishda foydalaniladigan mahalliy bazalar 
(buxgalteriya hisobi raqamlari, namunaviy provodkalar, xo`jalik operatsiyalari 
qayd daftari, shaxsiy hisob raqam, asosiy vositalarning yo`qlama varaqachalari, 
hisob raqamlar varaqachalari) yaratiladi. 
Namunaviy loyihalarda, qoidaga ko`ra, barcha korxonalar uchun yagona 
bo`lgan ma’lumotlar bazasining tarkibi (buxgalteriya hisob raqamlari rejasi, ish 
xaqi bo`yicha to`lovlar va ushlab qolishlarning turlari, materiallar harakati 
operatsiyami, 
namunaviy, 
provodkalar 
va 
boshqalar) 
ko`zda 
tutiladi. 
Foydalanuvchi o`z istagiga ko`ra bu massivlarga o`zgartirishlar kiritishi, tartibi 
aniq foydalanuvchi tomonidan belgilanadigan va u tomonidan qo`lda 
to`ldiriladigan boshqa bazali massivlar (bo`limlar, xodimlar, materiallar va 
boshqalar) yaratiladi. 
Buxgalteriya hisobining dasturiy ta’minlanishiga to`liq asosda bir qator 
axborotli ma’lumotli dasturlar; «Maslahatchi-hisobchi», «Maslaxatchi-plyus», 
«Kafolat», «O`zbekiston soliqlari», «Yuridik ma’lumotnoma»ni kiritish mumkin. 
«Maslahatchi-hisobchi» mutaxassislarning turli huquqiy me’yorlarini qo`llash 
tartibi haqidagi tushuntirishlarga ega. Axborotlarni to`ldirish huquqiy axborotlarni 
tarqatishning umumdavlat tarmog`i bo`yicha bajariladi. 
Buxgalteriya vazifalarini yechishni AATexlari asosida tashkil qilish birlamchi 
buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni 
tuzish bilan yakunlanuvchi operatsiyalarining yig`indisidir. 
Hozirga bosqichda buxgalteriya 
vazifalarini axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni 
o`ynaydi: 
• foydalanuvchining ish joyida o`rnatilgan kompyuterlarni qo`llash, bu yerda 
vazifalarni yechish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; 
• korxona (tashkilot, firma)ning turli xildagi bo`linmalari iqtisodiy vazifalarini 
integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta’minlovchi mahalliy va ko`p 
bosqichli hisoblash tarmoqlarini shakllantirish; 
• hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblashlar tarkibini ancha 
ko`paytirish; 


• har xil bo`linmalar uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma’lumotlar 
bazasini yaratish; 
• birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, 
bu qog`ozsiz texnologiyalarga o`tishni ta’minlaydi va hujjatlarni yig`ish va 
ro`yhatga olish bo`yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytiradi; 
• buxgalteriya vazifalari majmualarini yechishni integratsiyalash; 
• dialogli usulda amalga oshirishyo`li bilan axborot xizmat ko`rsatishni tashkil 
qilish imkoniyati. 
Texnologik jarayonlarning barcha operatsiyalari shaxsiy kompyuterda bitta 
ish joyida va uning tuzilishiga ko`ra bir necha kompyuterlarda izchillik bilan 
bajariladi. 
Axborot to`plamlarining har xil turlari hisob vazifalarini ishlab chiqishga asos 
bo`ladi. Birinchi tur birlamchi hujjatlarni yig`ish va ro`yhatga olish bilan bog`liq. 
ShKdan foydalanishda ularni mashina bilan shakllantirish imko-niyati paydo 
bo`ladi, bu hujjatlarni yaratish jarayonini avtomatlashtiradi. Ammo ShKga qo`lda 
kiritilgan birlamchi hujjatlarni kelib tushish imkoniyati ham istisno emas. Axborot 
ta’minotining ikkinchi turi — o`zgaruvchan axborotlarning fayllar va mashina 
manbalari va ShK xotirasidagi shartli doimiy axborotlar ma’lumotlar bazalaridir. 
O`zgaruvchan axborotlarning fayllari birlamchi hujjatlarning ma’lumotlari asosida 
shakllanadilar va belgilangan davr ichida vazifalarni (masalan, ishchi naryadlar, 
kirish orderlari, kassaning chiqarish orderlari, yuk xatlari va boshqalar) bir marta 
yechishda foydalaniladi. 
Shartli-doimiy axborotlarning fayllari loyihani tadbiq etishda bir marta 
yaratiladi, ko`p marta foydalaniladi va ularga doimo tuzatishlar kiritiladi. Ularga 
har xil me’yornomalarning massivlari, ma’lumotnomalar, asosiy vositalar hisobini 
yo`qlama qilish varaqalari, ishlovchilarning shaxsiy varaqchalari va boshqalar 
kiradi. 
Markazlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida, texnologik jarayonning 
barcha operatsiyalari hisobchi tomonidan uning ish joyida bajarilayotganda 
texnologik jarayonning an’anaviy vujudga kelgan bosqichlarining mazmuni bir oz 
o`zgaradi. Barcha operatsiyalarning bajarilishini ShK ishga tushishi zahotiyoq 
ekranda ko`rsatib beradi. Menyu dastur bloklari (modullari)ning ro`yhatidan iborat 
bo`ladi, undan xar bir modul birlamchi hujjatlarni kiritishdan tortib to yig`ma 
hisoblarni tuzishni tugatilishigacha bo`lgan texnologik jarayonning belgilangan 
vazifalarini bajaradi. 
ShKda bajariladigan texnologik jarayonlarda quyidagi uchta jarayonni: 

Yüklə 251,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin