ish haqi hisobi, materiallar hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi uchastkalarida
qo`llaniladi.
Buxgalteriya hujjatlarining katta qismi murakkab (farmoyish
beruvchi-
ijroiya)dir, masalan, kreditga farmoyish beruvchilar tomonidan imzolangan ish
xaqini to`lash qaydnomasi xazinagar uchun farmoyish beruvchi hujjat bo`ladi, ish
haqi berilib bo`lgandan keyin qaydnoma ijroiya (oklovchi) hujjat maqomini oladi.
Yagona birlamchi hujjat bitta xo`jalik operatsiyasi bo`yicha axborotlar
manbai, yig`ma esa vaqtning belgilangan qismi (kun, hafta, oy)dagi bir turli
xo`jalik operatsiyalarini butun majmuasi haqidagi axborotlar manbai bo`ladi.
Hisob hujjatlarini rasmiylashtirish (qo`lda yoki kompioterlarda) texnikasi
korxonaning buxgalteriya xizmati, uning ishlab chiqish va vazifaviy bo`linmalarini
kompyuterlar bilan texnik jihozlanish darajasiga bog`liq. Ammo ayrim xo`jalik
operatsiyalarini rasmiylashtirishning amaldagi qoidalari bir qator hollarda
hujjatlarni qo`lda tuzishni ko`zda tutadi.
Tasniflagichlar va kodlardan ajratilgan guruhlovchi (bir yoki bir necha)
alomat, masalan, bo`linmalar, tsexlar, brigadalar bo`yicha ishlovchilar asosida
buxgalteriya
hisoblari, ma’lumotlar va guruhlar tuzish uchun foydalaniladi.
Buxgalteriya vazifalarini kompyuterlashtirishda tasniflagichlarning har xil turlari:
umumdavlat, sohaviy va mahalliydan foydalaniladi.
Umumdavlat tasniflagichlari (UT) — butun O`zbekiston uchun yagonadir,
buxgalteriya hisobida cheklangan miqdorda foydalaniladi. Ularga quyidagilar
kiradi: korxona va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT), milliy
iqtisodiyot sohasining UT(MISUT), tashkiliy huquq shaklining kodi (THSHK),
davlat mulkini boshqarish idoralarining kodi, o`lchov birligi kodi (UBK),
boshqaruv hujjatlarining UT.
Sohaviy tasniflagichlardan ushbu soha uchun xos bo`lgan axborotlarni
kodlashtirish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi barcha sohalarda olib
borilishini
hisobga olgan holda, ushbu guruhga korxona va tashkilotlarning
sohaviy qaramligidan qat’iy nazar, buxgalteriya hisobi uchun yagona bo`lgan
tasniflagichlarni kiritamiz.
Mahalliy kodlar yakka tartibli, faqat aniq korxonalar uchun xosdir, shuning
uchun ularni loyihalashtirish aniq korxonada xatto namunaviy loyihalarni xarid
qilishda ham olib boriladi.
Korxonada kodlarni loyihalashtirish tizimli yondoshishga rioya qilishni talab
qiladi, ya’ni kodlar korxonalarning barcha bo`linmalaridagi
turli vazifalarini
yechishda qo`llana olinishi kerak. Misol uchun, bo`linmalarning kodlari hisob
vazifalari, xodimlar hisobi vazifalari, ishlab chiqarish hisobini ishlab chiqishda
yagona bo`lishi kerak.
Ayni vaqtda ba’zi bir kodlardan faqat buxgalteriya vazifalari uchun
foydalaniladi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda mahalliy kodlarni ikki guruhga
bo`lish mumkin. Birinchi guruh — bu, korxona uchun yagona bo`lgan kodlar:
tarkibiy bo`linmalar,
materiallar, tayyor mahsulotlar, detallar, qismlar va
birlashmalar; uskunalar, tabel tartib sonlari, yetkazib beruvchilar va istemolchilar,
ixtisosliklar kodlari. Kodlarning ikkinchi guruhidan faqat buxgalteriya vazifalarini