tayyorlov, boshlang`ich va asosiyniajratish mumkin.
Tayyorlov bosqichi dastur va ma’lumotlar bazasini ishga tayyorlash bilan
bog`liq. Bu bosqich boshlang`ich davrda, vazifani tadbiq etishda alohida ahamiyat
kasb etadi. Hisobchi mashinaga korxonaning ma’lumotnomaviy ma’lumot-larini
kiritadi,
buxgalteriya
schyotlarining
rejasi
va
namunaviy
buxgalteriya
yozuvlarining tartibiga tuzatishlar kiritadi. Boshlang`ich bosqichi birlamchi
hujjatlarni yig`ish va ro`yhatga olish bilan bog`liq. Avval ta’qidlanganidek
hujjatlarni qo`lda yoki avtomatlashtirilgan usulda shakllantirish mumkin.
Asosiy bosqich ishning tugallovchi bosqichi bo`ladi va har xil hisobot
shakllarini olish bilan bog`liq. Buxgalteriyada uni bajarish uchun «Tovar moddiy
boyliklarning qaydnomasi», «Aylanish qaydnomasi» va boshqalar kabi hujjatlarni
olishga imkon beruvchi «Hisobotlar» menyusining modulidan foyda
laniladi. Asosiy bosqichni bajarilishini ta’minlashda ma’lumotlar bazasida hisobot
tuzish uchun foydalaniladigan har xil kombinatsiyali (ishchi) axborot to`plamlarni
mashina tomonidan olinishi ta’minlanadi. Ma’lumotlarni mashina xotiralarida
arxivlashtirish va boshqa AIJga uzatish uchun axborotlarni shakllantirish kabi
operatsiyalarni ham bajarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |