Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

Valutaning ayirboshlov kursi
— bir davlat valutasining boshqa davlat pul
birligida ifodalangan narxi.
Konvertatsiya 
— bir davlat valutasini boshqa davlat valutasiga almashtirish.


135
135
134
el valutasining kursi esa ko‘tariladi. Ba’zida davlat milliy valuta kursini ko‘tarish
maqsadida, markaziy bank zaxirasidagi chet el valutasini ko‘p miqdorda ichki
bozorga chiqaradi. Bu holda, bozorda bir birlik milliy valutaga mos kelgan chet
el valutasining miqdori oshadi, ya’ni chet el valutasining kursi tushadi. Demak,
xuddi tovarlar kabi bozorda chet el valutasi ko‘paysa, uning narxi, ya’ni kursi
tushar ekan. Davlat milliy valutasining kursi, mamlakat iqtisodiyotining ko‘zgusi
hisoblanadi. Uning bir tekis, asta-sekin o‘zgarishi mamlakat iqtisodiyotining
sog‘lom rivojlanayotganligidan darak beradi.
Buni yodda tuting!

Xalqaro savdo bir davlat pul birligini ikkinchi davlat pul birligiga
ayirboshlashni taqozo etadi.

Valuta kursining o‘zgarishi xalqaro savdoga va mamlakatlar iqtisodiyotiga
kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
1. Valuta bozori nima sababdan kerak?
2. Valutaning ayirboshlov kursi nima va u qanday omillar ta’sirida shakllanadi?
3. Milliy valutaning kursi oshadigan va kamayadigan vaziyatlarga ikkitadan misol
keltiring.
4. Milliy valutaning ayirboshlov kursini davlat qanday yo‘llar bilan boshqarishi mumkin?
5. Milliy valutaning ayirboshlov kursiga mamlakatdagi inflatsiya qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
6. Chet el valutasi kursining o‘zgarishi import va eksport hajmiga qanday ta’sir qiladi?
7. Quyidagi berilgan omillar ta’sirida milliy valutamizning kursi qanday o‘zgaradi?
a) O‘zbekistonda turizm rivojlanib ketdi;
b) oylik maoshlar ko‘paytirildi;
d) chet el valutasidagi omonatlar uchun beriladigan bank foiz stavkalari oshirildi;
e) tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish hajmi oshdi;
f) chet ellarda ishlayotgan o‘zbek mutaxassislarining soni oshdi.
8. Agar AQSH dollarining so‘mga nisbatan kursi oshsa, mamlakatimiz uchun
eksport qilish yaxshimi yoki importmi? Javobingizni asoslang.
9. Faraz qilaylik, kecha Amerika banki 14 mln yevroni 16 mln AQSH dollarga,
bugun esa 20 mln AQSH dollarni 18 mln yevroga almashtirdi. Buning natijasida,
dollarning yevroga nisbatan kursi bugun kechagiga qaraganda oshdimi yoki
kamaydimi? Qanchaga?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin