Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

Buni yodda tuting!
1. Jahon iqtisodiyotining qanday muammolarini bilasiz?
2. Iqtisodiyot va ekologiya o‘rtasidagi ziddiyatning kelib chiqish sababi nimada?
3. Oziq-ovqat tanqisligi muammosi qanday hal etiladi?
4. Xomashyo va energiya tanqisligi muammosini qanday yechish mumkin?
5. Jahon iqtisodiyotining global muammolari haqida nimalarni bilasiz?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!


139
139
138
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY 
INQIROZI
30- MAVZU
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZINING
KELIB CHIQISH SABABLARI
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi AQSH ipotekali kreditlash tizimida 2008-
yilda ro‘y bergan tanglikdan boshlandi.
AQSH banklarining bir necha yillar davomida pul bilan ta’minlanmagan ipo-
teka kreditlarini berishi oqibatida, kreditga berilgan pullarning ancha qismi bankka
qaytib kelmagan. Natijada, bu banklarning to‘lov qobiliyatlari zaiflashib, bankrot
darajasiga kelib qoldi. Ishlab chiqarish korxonalari bankdan kredit ololmagan-
liklari sababli, o‘z ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga majbur bo‘ldi. Bu
o‘z navbatida, ishsiz-lar sonining oshishiga olib keldi. Bunday tanglik mamlakat
miqyosiga ko‘tarildi va AQSH iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan
dunyoning qator mamlakatlar iqtisodiyotiga ham ta’sir qildi. Oxir-oqibat, jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga keldi.
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI OQIBATLARI
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida 2008–2009- yillarda AQSH,
Kanada, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Ukraina va boshqa qator mamlakatlarda
g‘oyat tashvishli holat vujudga keldi. Bu mamlakatlarda ko‘plab kompaniyalar,
korxona va firmalar bankrot bo‘ldi. 2008- yil natijalariga ko‘ra, AQSH YaIM hajmi
3,8% ga tushib ketdi, ishsizlar soni esa 2,2 mln kishiga ko‘paydi. Yaponiyada esa
YaIM hajmi 3,1% ga pasaydi, ishsizlik darajasi esa 4,4% ga yetgan. Yevropa It-
tifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlarda sanoat ishlab chiqarishi 12% ga tushib ketgan.
Jumladan, aholining daromadlari kamayishi va ertangi kunga ishonchsizlikning
ortishi tufayli avtomobil savdosi Yevropada 27% ga pasayib ketdi.
1. Banklar mamlakat iqtisodiyotida qanday ahamiyatga
ega?
2. “Ishlab chiqaruvchi korxona va firmalarning banklar
bilan hamkorligi” deganda nimani tushunasiz?
3. “Ipoteka krediti” deganda nimani tushunasiz? Uy-joyni
kredit asosida sotib olish mumkinligi haqida qanday
ma’lumotlarga egasiz?
4. 2008–2009- yillarda kuzatilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi haqida nimalar bilasiz?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin