Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
2008- yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining har qaysi dav-
latdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari quyidagi omillardan kelib chiqib baholanadi:
- davlat moliya-valuta tizimining mustahkamligi;
- bank tizimining to‘lov qobiliyati, ularning chet el va xalqaro banklarga qa-
ramligi;
- mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va raqobat bardoshlilik darajasi.
INQIROZNING O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA’SIRI
Albatta, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’siri O‘zbekistonni ham chet-
lab o‘tmadi, chunki respublikamiz xalqaro hamjamiyatning va jahon moliyaviy-
iqtisodiy bozorining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport qi-
ladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral
o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib ketdi. Bu esa o‘z navbatida,
korxonalar foydasining kamayishiga olib keldi. Ishlab chiqarishning pasayishi,
oxir-oqibat, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish suratlariga salbiy ta’sir
ko‘rsata boshladi.
Lekin keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiy va moliyaviy salohiyatinig
puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini
o‘z vaqtida shakllantirilganligi va mustahkamlanganligi jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozining respublikamiz iqtisodiyotiga ta’sirini minimallashtirish imkonini berdi.
INQIROZNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI VA CHORALARI
2008- yilda boshlangan va tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozining ta’siri va uning salbiy oqibatlari, yuzaga kelgan vaziyatdan
chiqish yo‘llarini izlash – jahon iqtisodiyoti oldida turgan eng dolzarb muammo-
lardan biridir.
Mazkur muammoning O‘zbekiston sharoitidagi yechimi haqida aniq qarashlar
va amaliy xulosalar Prezidentimiz Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” deb
nomlangan kitobida to‘liq yoritib berilgan.
Respublikamiz iqtisodiyotidagi real ahvol va sharoitlarni hisobga olib, kelgusida
amalga oshirish ko‘zda tutilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oldini ol-
ish, uning ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi
va uni amalga oshirish boshlab yuborildi. Mazkur dastur quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan:
mamlakat moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimini barqaror hamda
uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni mustahkamlash;
– iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalariga yordam ko‘rsatish;
– aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin