Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

Buni yodda tuting!
Aytaylik, markaziy bank tijorat banklari uchun zaxira normasini 20% 
qilib belgiladi.
Tijorat banklari markaziy bankdan 5 mlrd so‘m kredit olishdi. Ular o‘z 
mijozlariga necha so‘m qarz bera oladi?
Mashq
Bankning zaxira mablag‘i
 — bankning zaxira sifatida markaziy bankda 
saqlashi lozim bo‘lgan pul mablag‘i.
Bankning zaxira normasi
 — markaziy bank tomonidan belgilanadigan, 
bank zaxira mablag‘ining jami mablag‘iga nisbatan foiz miqdori.
1. Mamlakat iqtisodiyotida davlatning tutgan o‘rni va uning maqsadlarini tushuntirib 
bering.
2. Bozor iqtisodiyotining noqobilliklarini aytib bering.
3. Davlatning qanday iqtisodiy vazifalari bor?
4. Davlat budjetining daromad va xarajat qismlarining tarkibini sanang.
5. Budjet kamomadi va davlat qarzining paydo bo‘lish sabablarini tushuntiring.
6. Soliqlarning mohiyati va iqtisodiyotdagi ahamiyatini tushuntirib bering.
7. Soliqlarning qanday turlari bor va ular bir-biridan qanday farqlanadi?
8. Banklarning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati nimada?
9. Mamlakatimiz bank tizimi haqida so‘zlab bering.
10. Markaziy va tijorat banklari bir-biridan qanday farqlanadi?
11. Sodda misollarda kredit foizi miqdorini hisoblab bering.
12. Davlatning budjet-soliq siyosati asoslari va uni qo‘llash mexanizmini tushuntirib 
bering.
13. Davlatning budjet-soliq siyosati bo‘yicha xatti-harakatlari qanday baholanadi?
14. Davlatning pul-kredit sohasidagi siyosatining mohiyatini tushuntirib bering.
A. SAVOLLAR 
II BOBNI TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA 
TOPSHIRIQLAR
B. TOPSHIRIQLAR
Quyida avval atamalarning nomlari, so‘ng ularning talqinlari berilgan. Har 
bir atamaga mos talqinni toping.
a) davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan asosiy moliyaviy 
hujjati;
b) yillar davomida yig‘ilib qolgan budjet kamomadining jami miqdori
d) aholi, firma va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi bank;
e) tovarni ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida, ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchidan tashqari, uchinchi tomonning ko‘radigan naf yoki zarari;
1. Qo‘shimcha tashqi ta’sir;
2. Tovarning birgalikda iste’mol 
qilinish xususiyati;
3. Davlat budjeti;
4. Davlat qarzi
5. Tijorat banki;

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin