SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 2
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1214
Polikletning “Dorifor” haykali ham shu qonun asosida yaratilgan.
Leonardo da
Vinchining qonuni (2.1-a,rasm) quyidagicha: qo‘l va oyoqlari keng yoyilgan odam
gavdasi aylanaga sig‘ishadi va odam kindigi aylana markazi hisoblanadi. Bu qonun
bo‘yicha o'lchov birligi bosh balandligi bo‘lib, tana uzunligi 8 ta bosh balandligiga teng
bo‘lishi kerak.
Odam tanasining asosiy qonuniyatlarini tushunish uchun nemis rassomi A.
Dyurer o‘zining qonunlarida matematik hisoblashlarni qo‘llagan. A.
Dyurer qonuni
bo‘yicha tana quyidagi nisbatda tuzilgan: bosh tana uzunligining 1/8 qismini tashkil
etadi. Odam gavdasining balandligi 2 qismga bo‘linadi:
I – bosh va bo‘yin qismi to ko‘krakkacha;
II – tananing pastki qismidan iborat kvadrat.
Tana proporsiyalarini Shmidt-Fritch qonuni asosida aniqlash umurtqa
pog‘onasining uzunligiga asoslangan. Umurtqa pog'onasi 4 ta teng qismga bo'linib, har
bir qismi o‘lchov birligi sifatida tana proporsiyalarini tuzishda ishlatilgan. “Oltin kesim”
deb, AV to‘g‘ri chiziqning shunday proporsiyasi hisoblanadi:
AV: VE=VE:AE
Raqam bilan «Oltin kesim»ni quyidagicha ifodalash mumkin:
1.62:1=1:0.62
Normal proporsiyali tanada poldan kindikkacha bo‘lgan
masofaning odam
bo‘yiga bo‘lgan nisbati «Oltin kesim» nisbatiga teng. Erkaklarda bu nisbat taxminan
13:8-1.625, ayollarda esa 8:5-1.60 ga teng.
Qadimgi Misrliklar inson tanasining ayrim qismlari (bosh, panja, barmoq, tovon,
burun)ni o‘lcham birligi hisobida tananing boshqa qismlariga taqqoslaganlar. O‘z
vaqtida Misr rassomlari "Kanon" o‘lchami bo‘yicha inson gavdasini qo‘l panjasining
uzunligi bilan o‘lchashni tavsiya etgan. Bu o‘lcham bo‘yicha odam tanasining bo‘yi
yigirma bo‘lakka bo‘linadi. O‘tgan asrda yashab o‘tgan rus rassomi A. Sapojnikov esa
odam gavdasini oyoq panjasining bo‘yi bilan o‘lchashni tavsiya qilgan. Uning o‘lchami
bo'yicha gavda bo‘yi o‘ttiz o‘lcham birligiga teng bo'lgan. Bu o‘lcham o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, undan amalda foydalanilmadi.
Chunki bunday mayda
bo‘lak o‘lcham birligi bilan rasm chizish juda ham ko‘p vaqtni talab etadi. Shuning
uchun amalda foydali o‘lcham birligi o‘rta asrlarda yashagan buyuk rassom va
haykaltarosh Mikelanjelo tomonidan ilgari surildi. U gavdani inson boshi uzunligining
o‘lcham birligi etib tavsiya qildi. Agarda shu o‘lcham birligi bilan o‘lchaydigan bo‘lsak,
u sakkiz bo‘lakka bo‘linadi. Masalan, bosh, yelkadan ko‘krakkacha, ko‘krak
markazidan kindikkacha va hokazo.
Inson gavda proporsiyasi o‘lchamining yana
boshqa usullari ham mavjudki, ularni
bilib qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Masalan, qo‘l gorizontal cho‘zilganda ikki qo‘l
boshlarining oraliq masofasi odam bo‘yiga teng keladi.