Page 1216
keng parabola ko‘rinishida shakllanadi, bunda chiziq bir oz egiladi. Boldir chizig‘i
tashqariga qarab egiladi. To‘piqda chiziq ifodali to‘lqinni hosil qilib, avval ichiga, so‘ng
tashqariga egiladi. Ko‘pincha ijodkorlar ideal bo‘lmagan, erkak qomatini chizishdan
cheklanadilar, lekin tajriba ortirishda juda qo‘l keladi.
Eskizlarda real tik qomatni ko‘rsatib, model qomati eskizi o‘lchamini to‘g‘ri
olishda bosh qismini asosiy modul o‘lchami deb hisobga olinadi.
Ayollar bosh chizmasi:
1. Tuxumsimon shakl chizilib, bo‘yin chizig‘i belgilanadi. Odam yuzini ikki
qismga
bo‘luvchi
vertikal
chiziq
o‘tkazilsa,
yuz
chiziqlarini
tasvirlashda
proportsiyalarga rioya qilishga imkon yaratuvchi simmetrik o‘qini hosil qilinadi.
2. Yuzni gorizontal bo‘yicha ko‘zni o‘lchamiga mos keladigan oraliqda uchta
segmentga bo‘lish mumkin.
3. Yuzni gorizontal bo‘yicha ko‘zni o‘lchamiga mos keladigan bodom shaklini
joylashtiriladi.
4. Burun va labning joylashuv yuz past qisminig uchdan bir qism teglikda
belgilanadi.
5. Ko‘zlar orasidagi masofa ko‘zning kengligiga teng, bu esa burun va labning
kengligini aniqlaydi. Ko‘z qirg‘oqlari bo‘yin kengligi belgilanib, yelkaga vertikal
chiziqlar bilan birlashtiriladi. Qosh tugash chizig‘i quloqning boshlanishi burun uchi
nuqtasi chizig‘i esa quloqning tugashi bilan belgilanadi.
6. Soch turmagi tanlangan ishchi qurolga bog‘liq. Dizayner uchun soch turmagi
libos modelini yaratishdan keying ikkinchi darajada hisoblanadi. Kam tajribaga ega
bo‘lganda ham, pero bilan chizilgan eskiz chiziqlari samarali bo‘lishi mumkin.
Erkaklar bosh chizmasi ayollar bosh chizmasidan kattaligi bilan farqlanadi, bosh
chizmasi aniq chizilishi yordamchi chiziqlarga bog‘liqdir. Ilk bosqich bosh shaklini
hosil qilishdan boshlanadi. Boshning tuxumsimon shakli to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga
yaqinlashadi, engak va dahan chiziqlari yuzning muskullarini ko‘rsatadi. Erkaklar
bo‘yin qismi ayyollarnikidan yo‘g‘onroq bo‘ladi.