Page 1215
Ma'lumotga ega bo'lganimizdek, katta odam qomatining umumiy balanligi etti
yarim va sakkizta bosh o'lchamidan iborat. To‘g‘ri proporsiyali qomatni chizish uchun
to‘g‘ri vertikal chiziq o‘tkaziladi va unda ko‘rsatilgan o‘lchov birligi sakkiz marta
belgilanadi.
Libos dizayneri yaratgan kiyimni modelga moslashtirish jarayonida odam tanasi
proporsiyasini, yalang‘och qomat va uning tuzilishini bilgan holda, unga eʼtibor
qaratishi muhimdir.
Tajribalar natijasida shuni ko'rsatadiki, qomat me’yor darajasida bo‘lmaganda
zaruriy detallarni ko‘rsatib berish qiyinchilik yaratadi. Yaratilgan eskiz modellari
namunasi standart qomat proporsiyasiga mos bo‘lganda, ish jarayoni yengil kechadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Dastlabki qadam tasvirlanayotgan qomatni qog‘oz sathiga chiroyli qilib
joylashtirishdan iboratdir. Soʻngra tana turish vaziyati, holati topiladi, keyin qomatning
qismlari, oʻlchamlari oʻzaro mutanosibligi topiladi.
Inson qaddi-qomatini chizishga albatta tezkor tasvirlar ishlash, koʻproq mashq
qilish talab etiladi. Qomatni turish holatini tasvirlashda dizayner harakatlarni amalda
ko‘rishi va his qilishi lozim. Qomat harakatlanganda yelka qismning burilishi uning
bo‘ksagacha bo‘lgan chizig'i, oyoq turishi holati va qomat vazni qanday
taqsimlanganligi inobatga olish lozim. Qomat turish holatida tana vazni qanday
balansga ega bo‘ladi. Bunda albatta odamning qaysi bir oyog‘iga, yoki ikkala oyogʻiga
tayanib turganligi e’tiborga olinishi muhimdir. Chunki shunga qarab tananing holati
oʻzgarib turadi. Yelka, bosh, bel, tos, qoʻl va oyoqlar turishi har xil koʻrinishga ega
boʻladi. Ma’lumki, odam umurtqa pog'onasining tuzilishi ham uning koʻrinishiga ta'sir
etadi.
Butun tananing tayanch nuqtasi mavjud boʻlib, u ogʻirlik qaysi oyoqqa
tushayotganiga, yoki ular oralig'iga tushayotganini aniqlashda qoʻl keladi. U to‘g‘ri,
joyida topilmagan boʻlsa, odam qiyofasi og‘ib, yiqilayotganga o‘xshab chiqib qolishi
mumkin.
Odamning proporsional qomatini konstruksiyalashda boshning o‘lchamlari asosiy
rol o‘ynaydi va bazaviy modul bo‘lib xizmat qiladi.
Eskizda ayol yoki erkak qomatini tasvirlashda bir necha qator farqlarni inobatga
olish kerak. Agar tasvirlanayotgan qomat ayol qomati bo‘lsa, ayol qomatining ixcham,
yelka qiyaroqligi, ingichka bel va bo‘ksa kengligi erkak qomatidan farqlanadi. Ayol
ko‘krak qafasi yumaloq shaklda va bel chizig‘igacha joylashgan, bo‘yin qismidan nozik
va tarangligi, mushakdor bo'lmaydi. Erkaklar modeli haqida to‘g‘ri chiziqlar, ayollar
modelida egri-bugri chiziqlar nazarda tutiladi. Tana konturi mushak vazni bilan
aniqlanadi. Bo‘yindan pastga qarab u toraygan va kengaygan chiziqlar bilan chizilgan.
Xuddi shu vaziyat tirsakning sekin asta bo‘rtishi bilan sodir bo‘ladi. Qo‘l va yelka
ichkari tomonga toraygan egri chiziqlar bilan tasvirlanadi. Bo‘ksa tizzada tugaydigan