Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

 
Eslatma:
Paxtaning iflosligi LKM, LKM-12, 2L-12, 1L-12M apparatlarida 
aniqlanadi. 
Paxta namligi VTS, USX-1, UZ-7M termonamo’lchagich va quritish 
shkaflarida aniqlanadi. 
 
O`zlashtirish uchun savollar.
1.
Chigitli paxtaning kondision massasi qaysi ko`rsatkich asosida topiladi?
 
2.
Kondision massa tushinchasini izohlang?
 
3.
Chigitli paxtaning hisoblanadigan massasi nima?
 


22 
4.
Chigitli paxtaga haq to`lanadigan og`rlikni izohlang?
 
7-Mavzu: Chigitning qoldiq tolaligini aniqlash (2-soat) 
 
 
 
Darsning maqsadi: 
o'rta va ingichka tolali chigitli paxtaning qoldiq tolaligini 
aniqlash, ozod-birikmagan tolalar to’dasi va 6 mm dan uzun bo’lgan birikkan tolalar 
to’dasini aniqlashni o'rganish.
 
Ikkita namuna bo’yicha 200 dona chigitdan ajratib olingan, uzunligi 6 mm dan 
yuqori bo’lgan tolalarning gramm hisobidagi og’irligi 
chigitning qoldiq tolaligi
 
deb 
aytiladi. 
Bundan tashqari chigit tarkibidagi ozod-birikmagan tolalar bo’lib, tahlil 
vaqtida ular alohida ajratiladi. Tahlil uchun faqat butun chigitlar olinadi. Tahlilga 
olingan namunachalar 0,001 gr aniqlikda analitik tarozida tortiladi. Chigitning qoldiq 
tolaligini aniqlash uchun 500 gr og’irlikdagi chigitning o’rtacha namunasini yupqa 
qilib yoyib, uning 20 joyidan 20-25 donadan chigit olinadi. Shundan keyin ularni 
yaxshilab aralashtirib 200 donadan qilib ikkita namunacha tanlab ajratilib tortiladi. 
Olingan chigitlarning har birini alohida ko’rib chiqilib, avvalo birikmagan tolalari
so’ngra birikkan tolalari qo’l bilan ajratiladi. 
Tahlil tugagandan keyin ikki xil qiymat: a) ozod-birikmagan tolalar to’dasi va 
b) 6 mm dan uzun bo’lgan birikkan tolalar to’dasi qiymati topiladi. 
Chigitning qoldiq tolaligini topishda ikki namunadagi birikkan tolalar 
qiymatining o’rtachasi olinadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin