Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

 
 
 



Kirish 
Bugungi kunda paxta xom ashyosidan olinadigan mahsulotlar kundalik 
hayotimizdan tashqari sanoatning turli tarmoqlarida ham keng foydalanilmoqda. 
Yuqori sifatli tola olish uchun xo’jalikda g’o’zaning tezpisharligi, hosildorligi, 
kasalliklarga, joyning tuproq-iqlim va boshqa noqulay sharoitlarga chidamliligi 
bularning hammasi g’o’zaning eng maqbul seleksion navlarini tanlash va ularni 
oqilona joylashtirishga bog’liq. 
Paxta tozalash sanoati uchun tola chiqishi, uning chigitdan oson ajralishi, 
pishiqligi kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyatga ega. Mazkur korxonalarda sifatli 
mahsulot etishtirish hamda ish unumdorligini oshirish, daromadni ko’paytirish 
yuqoridagi omillarga bog’liq. 
Hozirda, mamlakatimizda tayyorlanayotgan paxta tolasini 2020 yildan boshlab 
100% o'zimizda qayta ishlab tayyor mahsulotni eksport qilish masalasi dolzab 
hisoblanadi. Dunyo bozorida tolaning oqligi, ifloslanish darajasi va ayniqsa, 
mikroneyr ko’rsatkichiga alohida e’tibor beriladi. Mikroneyr ko’rsatkichi 4,8-4,9 dan 
yuqori bo’lsa tola dag’al hisoblanadi va jahon bozorida raqobat qilaolmaydi. Dag’al 
tolaning xarid narxi ham past bo’ladi. Paxta tolasiga narx belgilashda asosiy va 
maqbul ko’rsatkich 23,5-26,4 gk/teks uning solishtirma uzilish kuchi hisoblanadi. 
Shunday ekan, tolaning sifatli bo’lishi nafaqat seleksioner olimlar va 
etishtiruvchiga, balki uni qayta ishlovchi korxonalarning ishlarshi to’g’ri 
tashkillashtirishiga hamda standart talablariga amal qilishlariga bog’liq bo’ladi. 
Ya’ni, sifatli tola ishlab chiqarishda uning tabiiy sifat ko’rsatkichlari (uzunligi, rangi, 
qalinligi, pishib etilganligi va h.k.) bilan birga, paxtani qayta ishlashda to’g’ri 
texnologik jarayon o’rnatish, unda ishlatiladigan dastgohlarning texnik holati alohida 
ahamiyatga ega. Sifatli ta’mirlangan, ishchi organlarning harakat rejimlari, 
texnologik oraliq masofalari to’g’ri o’rnatilib, yaxshilab sozlangan dastgohlarning 
texnologiyada ishlatilishi, sifatli mahsulot ishlab chiqarishga kafolat beradi, deb 
aytish mumkin. 
To’qimachilik sanoati o’z rejasiga muvofiq muayyan sifat ko’rsatkichlariga ega 
bo’lgan paxta tolasiga buyurtma beradi. O’zbekiston Respublikasi Standarti (O’zRST 
615-94) ga muvofiq topshirilgan paxtaning tolasi 9 ta (1
a
, 1
b
, 1, 2, 3 hamda 4, 5, 6, 7) 
tipga, 5 ta sanoat naviga bo’linadi. Lekin, to’qimachilik sanoatining talabi asosan 5-
tip tolaga eng ko’p bo’lib, u qariyb etishtirilgan paxtaning 60 % ni tashkil etadi. 
Sanoat talabiga mos tola etishtirish va uni sotishda jahon bozorida 
raqobatlashaoladigan darajada tola sifatini oshirish omillari to’g’risida etishib 
chiquvchi mutaxassislarining bilimini mustahkamlash uchun ushbu uslubiy ko'rsatma
asosiy dastur bo’lib xizmat qiladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin