Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

O`zlashtirish uchun savollar.
1.
Chigitli paxtadan namuna olishdan maqsad nima? 
2.
Boshlang'ich namuna deganda nimani tushinasiz? 
3.
Buntlardan namuna olish tartibini tushintirib bering? 
4.
Yuk mashinalaridan namuna olish tartibini tushintirib bering? 
 
 
2- mavzu. Qo’lda va mashinada terilgan paxtaning davlat standartlari bilan 
tanishish (2-soat) 
 
 
Darsning maqsadi: 
Qo’lda va mashinada terilgan chigitli paxtaning davlat 
standartlari talablari bilan tanishish. Bunga asos qilib O’zRST 615-94 standarti 
olinadi. 
1. Mashg’ulotni o’tkazish joyi, bu mashg’ulot o’quv xonasida o’tkaziladi. 
2. Mashg’ulot uchun kerakli uskunalar: 
3. Davlat standarti, Andoza (etalon) lar; 
4. Chigitli paxta namunasi; 
5. Paxtaning iflosligi va namligi bo’yicha jadval. 
6. Talabalarning mustaqil ish bajarish qismi. Qo’lda va mashinada terilgan o’rta va 
ingichka tolali g’o’za navlarini tashqi ko’rinishiga qarab chigitli paxtaning 
ma’lumotnomasi bilan tanishtirish. 
Paxta tolasining fizik-mexanik ko’rsatkichlari: shtapel vazn uzunligi, chiziqli 
zichlik va solishtirma uzilish kuchiga (1 va 2 nav), ko’ra 1 – jadvaldagi me’yorlarga 
muvofiq to’qqizta – 1
a
, 1
b
, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 - tiplarga bo’linadi. Bunda paxtadagi 
paxta tolasining tipi shtapel vazn uzunligi yoki chiziqli zichlikning eng yomon 
ko’rsatkichi bo’yicha aniqlanadi. 1
a
, 1
b
, 1, 2, 3 tipdagi tolalarga ega bo’lgan paxta 
uzun (yoki ipak) tolali, 4, 5, 6, 7 – tipdagi tolalarga ega bo’lgan paxta esa o’rta tolali 
g’o’za navlari tolasi deb hisoblanadi. 
Har bir tipdagi paxta rangi, tashqi ko’rinishi, pishib etilganlik koeffisienti 
bo’yicha jadvaldagi talablarga va belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalarga 
muvofiq beshti sanoat naviga bo’linadi: I, II, III, IV va V.
Paxta navi, rangi va pishib etilganlik koeffisienti eng yomon ko’rsatkichlari 
bo’yicha aniqlanadi. Paxta navi iflos aralashmalarining miqdori va namligiga qarab 
jadvaldagi ko’rsatilgan talablarga muvofiq sinflarga bo’linadi: 
1-sinf qo’lda terilgan paxta. 
2-sinf mashina terimi paxtasi. 
3-sinf erdan terib olingan (turli aralash, iflos paxtalar). 



1-jadval 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin